Toshkentda bepul gala-konsert bo‘lib o‘tadi

© Foto: Ramiz BaxtiyarovPloshad i Dvores Drujbi narodov s gigantskim flagom Uzbekistana
Ploshad i Dvores Drujbi narodov s gigantskim flagom Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konsert dasturi 29-sentabr kuni, soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi. Kirish bepul

TOShKENT, 22 sen - Sputnik. Ustoz va murabbiylar bayrami kuni oldidan "Xalqlar Do‘stligi" san’at saroyi yonida, bayroq ostida jonli ijroda katta gala konsert bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"Bayramni o‘tkazish uchun dam olish kuni - shanbani tanladik. Konsertga tushishga hammaning ham imkoni bo‘lmaydi va o‘ylaymizki, bu xalqimizga biz tomondan qilingan ajoyib tuhfa bo‘ladi", - dedi Sputnik muxbiri bilan suhbatda "O‘zbekkonsert" vakili.

Konsert xalq sayli tarzida o‘tkazilib, uni tomosha qilish bepul bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, yoshlar qo‘shiqlarini sevib tinglaydigan 10 nafar estrada xonandasi ushbu gala-konsertda ishtirok etish istagini bildirgan. "O‘zbekkonsert" xodimi ularning ismini oshkor etishni istamadi. "Bu xalqimiz uchun yaxshi surpriz bo‘laqolsin", - dedi u.

Konsert dasturi 29-sentabr kuni, soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0