02:57 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Ilxom Sadыkov zamestitel direktora Akademii nauk RUz

Oʻzbekistonda AES qurishga nimalar sabab boʻlgan

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Madaniyat
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (12)
326321

Yadro fizikasi instituti olimi Oʻzbekistonda atom elektr stantsiyasi qurishga nimalar sabab boʻlganini aytib berdi.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli Yadro fizikasi ilmiy instituti direktori oʻrinbosari Sodiqov Ilhom Ismoilovich Oʻzbekistonda AES qurishga nimalar sabab boʻlgani haqida aytib berdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Olim soʻzlariga qaraganda, 2000 yildan buyon Oʻzbekiston YAIMi 2,5 baravarga oshdi, lekin  Respublikada birorta ham yangi yirik energetika obʼyekti qurilmadi.

1991 yildan 2018 yilga qadar Respublikada aholi soni oʻsishi 65 %ni tashkil qildi, shu bilan birga odam boshiga ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi miqdori 75 %ga kamayib ketdi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda umumiy hisobda 14,4 GVt elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Shundan - 13 % gidro elektr stantsiyalarida,  1-2 % blok-stantsiyalarda, aosiy  85 % esa Issiqlik elektr stantsiyalarida.

“Issiqlik elektr stantsiyalari asosn gaz, koʻmir va neft mahsulotlari yordamida ishlaydi. Maʼlumki oxirgi yillarda dunyo bozorida uglevodorodlar narxi doimiy ravishda oshib bormoqda. Bu esa vaqti kelganda Oʻzbekistonda energetika krizisini keltirib chiqarishi mumkin”, - deydi Sodiqov.

Quyosh energiyasi, shamol energiyasi kabi qayta tiklanadigan elektr energiyasi manbaalaridan foydalanish energetikaga boʻlgan ehtiyojni toʻliq qondira olmaydi. Bunday uslublar mahalliy darajada muammoni hal qilishi mumkin, lekin  umumiy muammoni hal qila olmaydi.

Shu sababdan Oʻzbekiston olimlari oʻtgan asrning 80 yillaridan boshlab respublikada AES qurish masalasini oʻrgana boshlagan edilar.  

Ikkinchi marotaba ushbu masala 2001 yilda keng muhokama qilngan edi. Ushanda Toshkentdagi Yadro fizikasi institutida 2 kunlik yirik seminar tashkil qilingan edi. Ushbu seminarda energetika, suv xoʻjaligi sohalari vakillari, olimlar hamda Rossiya delegatsiyasi ham ishtirok etib, Oʻzbekistonda atom elektr stantsiyasi qurish maslasini muhokama qilishgan edi.

Lekin keyinchalik qoʻqqisdan bizga Oʻzbekistonda energetikaning ushbu yoʻnalishini rivojlantirishni butunlay taʼqiqlab qoʻyishdi.

2016-2017 yillarda vaziyat tubdan oʻzgardi – ushbu sohada yana muzokaralar yana tayyorgarlik boshlandi.  Kanada, Xitoy va Rosatom tomonidan taqdim etilgan takliflar oʻrganib chiqila boshlandi.  

2017 yilning sentyabr oyida Rossiya va Rosatom bilan atom energetikasi sohasida hamkorlik qilish haqida memorandum imzolandi. Ushbu memorandumning muhim boʻlimlaridan biri – Oʻzbekistonda Rossiya namunasidagi AES qurish edi.  

Shuningdek, Rossiya bilan AES qurish, undan foydalanish va uni yadroviy yonilgʻi bilan taʼminlash haqida kelishib olingan edi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (12)

Asosiy mavzular