O‘zbekistonda 100 tomlik “Rus adabiyoti durdonalari” chop etiladi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishchitatelnitsa v biblioteke
chitatelnitsa v biblioteke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Rus adabiyoti durdonalari” o‘zbek yoshlarini rus adabiyoti bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev rus madaniyatining o‘zbek jamiyati ma’naviyatida tutgan o‘rniga yuqori baho berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Buyuk rus madaniyati o‘zbek jamiyati ma’naviyatining ajralmas bo‘lagi bo‘lib qoladi. O‘zbek yoshlarini rus adabiyoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, biz O‘zbekistonda 100 tomlik “Rus adabiyoti durdonalari” jamlanmasini chop etishni rejalashtirganmiz”, - dedi O‘zbekiston prezidenti.

 Undan tashqari Shavkat Mirziyoyev yaqin orada o‘zbekistonlik kosmonavt Rossiya kosmik kemasida koinotga uchishi ehtimoldan xoli emasligini va Toshkentda 2020-yilda “G‘alaba” majmuasti tashkil qilinishini aytib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0