Timati O‘zbekistonda ilk bor yakkaxon konsert beradi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishPeves Timati
Peves Timati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Timati Toshkentda o‘zining mashhur "Lada sedan – baklajan", "Klyuchi ot raya", "Gde ti, gde ya", "Ya budu jdat" qo‘shiqlarini ijro etadi.

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Timati Toshkentda yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Konsert 27-noyabr kuni “Karting Center Anhor Lokomotiv Park”da bo‘lib o‘tadi.

Dastur tashkilotchilar ushbu shou yorqin tarzda o‘tishiga ishonchlari komil. Timati o‘zining xit qo‘shiqlari: "Lada sedan – baklajan", "Klyuchi ot raya", "Gde ti, gde ya", "Ya budu jdat" ijro etishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda Timati san’tining muxlislari bisyor. Bunga uning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi obunachilarini misol qilib keltirish mumkin. Timatining Instagram sahifasiga 500 mingga yaqin o‘zbekistonliklar obuna bo‘lishgan va ijodini kuzatib borishadi.

Oldinroq kuz oylarida Toshkent markazida Black Star Burger restoran tarmog‘i ochilishi ma’lum chiqilgandi. 

Yangiliklar lentasi
0