07:09 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Pevitsa Yulduz Usmanova

Har bir qoʻshigʻimga javob beraman, sen esa soqolingni yigʻishtir: San Jayga videomurojaat

© Ofitsialnыy sayt Yulduz Usmanovoy
Madaniyat
Havola olish
592932

“Qoʻshiqlarimni oʻzim yozib kelaman. 30 yildan beri har bir qoʻshigʻimga, har bir satriga oʻzim nuqta qoʻyib kelyapman”, - deydi Usmonova.

TOSHKENT, 29 noya – Sputnik. Internetda San Jay mahalliy OAVlardan biriga bergan intervyu videosi tarqaldi. Unda Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Qirolichaman” nomli qoʻshigʻining gʻoya muallifi San Jayning oʻzi ekanini aytadi.

Yulduz Usmonova San Jayning soʻzlariga video murojaat bilan javob beradi.

“Gʻoya meniki deb aytasanmi? Soʻz, gʻoya ham seniki emas. Qoʻshiqlarimni oʻzim yozib kelaman. 30 yildan beri har bir qoʻshigʻimga, har bir satriga oʻzim nuqta qoʻyib kelyapman. Etagimga osilganlar eʼtiboriga aytyapman. Har xil saytlar oʻziga reklama qilish uchun sanʼatkorlarni bir-biri ustiga tushirish har xil narsalar qilishadi ”, – dedi Usmonova.

Usmonova gʻoyalar koʻp, gʻoyani yetkazib aytadigan odam yoʻq deya soʻzini davom etadi.

Yulduz Usmonova qoʻshiqchi San Jay imiji haqida ham aytib oʻtadi.

“Bu soqolli bolani tanimadim. Lekin soqolni sal yigʻishtirib, oʻzini oʻnglab olib yursa yaxshi boʻlar edi. “Oʻzbeknavo” ham qayerga qarayapti, bilmadim. Sanʼatkorlar soqol qoʻyishi notoʻgʻri. Sen sanʼatkor boʻlsang, juda ham ideyaga boy boʻlsang, sen nega unaqa qilib yuribsan? Ikkinchidan gapingni oʻylab gapir”, – deb qoʻshimcha qildi Usmonova.

Asosiy mavzular