06:20 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Mikrofon na stsene. Arxivnoye foto

“Oʻzbekkontsert” yetti nafar xonandaning videoklipini rad etdi

© Flickr / Ben Grey
Madaniyat
Havola olish
33610

Kengashda 16 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar koʻrib chiqildi.

TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. Joriy yil 5 dekabr kuni “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi qoshidagi qoʻshiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash badiiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kengashda 16 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar koʻrib chiqildi.

“Nihol” mukofoti sovrindorlari Iroda Dilrozning  “Oʻgʻlim”, Sharof Muqimovning “Qora koʻzlar”, xonandalar Zilola Musayevaning (Shaxzoda) “Men oʻsha”, Otabek Muhammadzohidning “Ona”, Qilichbek Madaliyevning “Sevgi”, Jasur Mavlonovning “Netay” qoʻshiqlariga ishlangan videokliplari muhokama qilinib efirga uzatishga tavsiyalar berildi.

“Maroqand” guruhining “Torimning siri”, Elvin Mirzezade va Shaxrizoda Ahmedova bilan ijro etgan “Hasrat” qoʻshiqlariga olingan videokliplariga istisno tariqasida ruxsat berildi.

Xonandalar Jahongir Poziljonov va Dilafroʻz Hayitmetovalar ijro etgan “Mehmonim” dueti,  Sevara Yusupovaning (Sevara taxallusi bilan efirga chiqayotgan)  “Uzun yoʻl”, Mahliyo Omonning “Fargʻonadan”, Jahongir Otajanovning “Qaddi baland”, Doston Ubaydullayevning “6-xonadon”, Alisher Zokirovning “Mayli, mayli” qoʻshiqlariga olingan videokliplari muhokama qilinib, ularda baʼzi juzʼiy kamchiliklar koʻzga tashlangani sababli rad etildi.

“Xonandalar Badiiy Kengashga aʼzolari tomonidan rad etilgan videokliplardagi qoʻshiq matni, musiqasi, videoklip dasturi (stsenariysi)ning gʻoyaviy-badiiy saviyasiga alohida eʼtibor qaratib, koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib Badiiy Kengashga qayta topshirishlari mumkinligini maʼlum qilamiz”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, noyabr oyida Oʻzbekistonda “Letniye dojdi” klipi uchun Shahlo Ahmedovaning litsenziyasi toʻxtatilgandi.

Xonanda Ahmedovaning “Letniye dojdi” deb nomlangan videoklipida milliy maʼnaviyatga yot boʻlgan, tomoshabinlarning eʼtiborini jalb etish uchun xalq mentalitetiga zid, sharqona odob-ahloq meʼyorlariga toʻgʻri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay,  yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etilgan deb topilgan edi.

 

Asosiy mavzular