10:49 25 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36

Ozoda Nursaidova shifoxonaga yotqizildi: uning ahvoli haqida maʼlumot berildi

© Foto: Ozoda Nursaidova / instagram
Madaniyat
Havola olish
2622 0 0

Ozoda Nursaidova yurak xastligi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik. Taniqli xonanda Ozoda Nursaidova yurak xastligi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Bu haqda Ozoda Nursaidovaning singlisi Nilufar videomurojaatda maʼlum qildi.

Nilufar opasi 15 kundirki betob ekani, uni yurak xastaligi bezovta qilayotganini, shu sabab shifoxonaga yotqizilganini aytadi. 

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot O Z O D A (@ozodaofficial)

"Kechadan buyon telefon tinmayapti, duolaringiz, opamga yozgan tilaklaringizni yetkazdim. Aslida opam nima sabab shifoxonaga tushganlarini ochiqlashni vaʼda qilgan edim. Lekin, opam buni istamadi. Yaratgan kuch-quvvat bersa bu kunlardan ham oʻtaman, deb aytdilar", deydi Ozoda Nursaidovaning singlisi.

Uning maʼlum qilishicha, xonandaning ahvoli ayni damda ancha yaxshi. U toʻy xizmatiga vaʼda qilib qoʻygani uchun, oyoqqa turib, toʻyga ketgan.

Asosiy mavzular