06:55 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Madaniyat
Havola olish
233840

Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Sputnik muxbiri birinchi "Miss Oʻzbekiston" bilan suhbatlashdi. "Toshkent malikasi-89" Nargiza Olimova mashhurlik istab emas, balki oʻzbek ayollari haqiqiy goʻzallar ekanini butun dunyoga koʻrsatish uchun ushbu goʻzallar bahsida ishtirok etgan edi

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik, Dilshoda Raxmatova. Nargiza Olimova — birinchi va yagona "Oʻzbekiston goʻzalidir". Sohibjamolga eng oliy mukofot - Gran-prini olib bergan tanlov "Toshkent goʻzali" deb nomlangan va 1989 yilda oʻtkazilgan. Ushbu eʼtirofga sazovor boʻlish uchun oddiy oʻzbek qizi boshdan nelarni kechirgani, va nima uchun haligacha oʻzini "malika" hisoblamasligini Nargiza-opa Sputnikka bergan eksklyuziv intervyusida gapirib berdi.

"Nima Oʻzbekistonda goʻzallar yoʻqmi?"

1988 yilda SSSRda komsomol tashkilotlari koʻmagi bilan ilk marotaba "Moskva goʻzali-88" tanlovi oʻtkazilgan edi. Sovet matbuotlari oʻshanda bu shov-shuvli, biroj janjalli hamda goʻzal hayot nafasi kelib turgan yorqin va kutilmagan voqelik boʻlgani haqida bong urgan edilar. Oʻsha yilda Donetsklik qiz "Oʻzbekiston SSR malikasi" sifatida eʼlon qilingan edi.

Uchastnitsы Pervogo konkursa krasotы Moskovskaya krasavitsa-88
© Sputnik / Vladimir Rodionov
Uchastnitsы Pervogo konkursa krasotы "Moskovskaya krasavitsa-88"

Oʻsha vaqtda nashlardagi yangiliklarni muntazam kuzatib boradigan Nargiza, Butunittifoq boʻyicha oʻtkazilgan tanlov yakunlariga koʻzi tushib, hayratdan yoqa ushlaydi. Nargizaga Oʻzbekiston goʻzallar malikasi respublika tub aholisi orasidan tanlab olinmagani juda qattiq taʼsir qilgandi.

"Bu qanaqasi? Mamlakatda "Oʻzbekiston malikasi" tanlansa-yu, donetsklik qiz gʻolib sifatida eʼlon qilinsa!? Nima, Oʻzbekistonda hech boʻlmasa bitta goʻzal qiz topilmadimi?", — deya oʻz noroziligini bildirardi 21 yashar qiz ushbu tadbirga bosh-qosh boʻlgan komsomol tashkiloti vakillariga.

"Men millatchi emasman, barcha din va millat vakillarini hurmat qilaman, ammo oʻshanda qalbimda milliy gʻurur isyon koʻtargandi", - deydi Nargiza opa oʻsha 30 yillik xotiralarni yodga olar ekan.

Finalistki I-go Moskovskogo konkursa krasotы
© Sputnik / Maslyayev
Finalistki I-go Moskovskogo konkursa krasotы 1988 god

Komsomol vakili Nargizaning eʼtirozlarini diqqat bilan tinglaydi va suhbat yakunida undan kelgusi goʻzallik tanlovida ishtirok etishni xohlaysizmi, deya qiziqib koʻradi. Oʻsha vaqtda moda sanoatining shafqatsiz qonunlari va umuman bunday tanlovning saralash qoidalari haqida aniq tasavvurga ega boʻlmagan, ammo butun dunyoga haqiqiy oʻzbekona goʻzallikni koʻrsatib qoʻyish ishtiyoqi bilan yongan Nargiza oʻylab oʻtirmasdan rozilik bildiradi. Albatta, tez orada uning oʻzi ushbu qarordan pushaymon boʻladi ham, ammo bu haqda u hali bilmasdi.

"Sharmandalik", shov-shuv va bir kechada tikilgan libos

Olimova bilan suhbatimiz samimiy kechadi, opa oʻsha yillarda bunday tanlovlarda ishtirok etish oʻz joniga qasd qilish bilan teng boʻlganini yashirmaydi. Sharqona jamiyatda, ayniqsa, sovet davrida, oʻzbek qizi hech qachon "mana, tomosha qiling, men goʻzalman", deya sahnaga chiqmagan boʻlardi. Oʻzbek qizlari hamisha xayosi, ibosi bilan ajralib turgan.

Pervaya Miss-Uzbekistan Nargiza Olimova v teatralnom kostyume
Foto iz lichnogo arxiva Narizы Olimovoy
Pervaya "Miss-Uzbekistan" Nargiza Olimova v teatralnom kostyume

"Bizning mentalitetimiz boshqa. Birinchidan, oʻzbek qizlarimiz uyatchan, tortinchoq, ular oilada shunday tarbiya topadi. Ikkinchidan, bunday tadbirlarda ishtirok etish jamiyat tomonidan qattiq qoralanardi: juda koʻpchilik bu holatni qiz oilasi uchun sharmandalik deb bilardi", - deya tushuntiradi Nargiza opa.

Ammo qaror qabul qilingan - ortga yoʻl yoʻq edi. Komsomol vakili bilan boʻlib oʻtgan telefon suhbatidan soʻng Nargiza Olimovani tanlovga tayyorgarlik boʻyicha rejalarni muhokama qilish uchun Markaziy Yoshlar uyiga taklif qilishadi. Nargizaning talabi bilan qizlarning choʻmilish liboslarida chiqishi sahnasi milliy liboslar defilesiga almashtiriladi.

Oʻsha vaqtda jamiyatda mavjud norasmiy taʼqiqlar, qizlardagi uyatchanlik va kamtarlik hislatlariga qaramay, 1989 yilgi tanlov uchun oʻtkazilgan kastingga 600dan ziyod qizlardan arizalar kelib tushadi. Taʼqiqlar oʻz yoʻliga, ammo "Toshkent goʻzali" boʻlishni koʻp qizlar orzu qilar edi.

Nargiza shu tariqa uch turdagi saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtadi va final bosqichigacha yetib boradi. Yakuniy bosqichda oʻn nafar goʻzal oʻzaro bahslashar edi. Oldinda eng murakkab shartlar kutardi - bunda goʻzallardan podiumda turli liboslarda chiqish qilish, xayʼat aʼzolarining savollariga hozirjavoblik bilan javob qaytarish va tanlangan biror bir kuy yoki qoʻshiqqa rasq tushib berish talab etilardi.

"Goʻzallik tanlovi Davlat Tsirki binosida boʻlib oʻtgan. Tsirkda odam tumanot yigʻilardi. Chiptalar talash, bino ichkarisida hatto zinapoyalargacha joylar band qilingan edi. Men bu tadbir odamlarda bu qadar katta qiziqish, shov-shuv uygʻotishini kutmaganman", - deya esga oladi Nargiza Olimova.

Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, final bosqichiga qadar, u tanlov sinovlarini jiddiy qabul qilmagan va hatto ularga tayyorgarlik koʻrmagan. Yakuniy saralash bosqichiga ham belgilangan vaqtda kelib, aytilgan shartlarni bajarishni rejalashtirayotgan edi. 600 nafar qizdan oxirgi saralash bosqichiga 30 nafari tanlab olingan boʻlib, ular 10 nafardan uch guruhga boʻlingan va har bir guruhning oʻzaro bahsiga bir kundan ajratilgan edi. Nargiza uchinchi guruhga tushadi. U avvaliga oʻz raqiblari qanday bellashishayotganini hatto tomosha qilishni istamagan boʻlsa-da, ammo qiziquvchanlik ustun keladi, va Olimova oʻz chiqishi boʻlishidan bir kun oldin boshqa qizlar chiqishlarini kuzatish uchun Davlat tsirki binosiga keladi.

Nargiza boshqa qizlar hal qiluvchi bosqichga qanday puxta tayyorgarlik koʻrishganini guvohi boʻlgach, avvaliga hayratlanadi, keyin qattiq tashvishga tushadi. Goʻzallik tanlovi rejisseri Baxtiyer Sayfullayev (hozirgi Oʻzbekiston Madaniyat vaziri), Nargizaga koʻzi tushgach, u bu yerda nima qilayotgani haqida soʻraydi.

"Oʻsha vaqtda Madaniyat instituti xoreografiya boʻlimida tahsil olardim. Baxtiyor Sayfullayev bizlarga rejisserlik mahoratidan dars berardilar. Meni, yaʼni talabasiga koʻzi tushgach, bu yerda nima qilayotganimni soʻradilar. Chunki boshqa qizlar 10 kundan beri tayyorgarlik koʻrishgan bir vaqtda, men biror marta ham koʻrinish bermaganman", - deya esga oladi Olimova.

Xullas, rejisser Nargizaga ertaga kelib oʻtirmaslikni tayinlaydi. "Bu yerdagi qizlar oʻz nomerlarini repetitsiya qilishgan, hammasi tayyorlangan, sen esa oʻz chiqishing bilan butun boshli stsenariyni buzasan. Sen hatto kuy tanlamagansan, raqs ijro etish kerakligi haqida esa hatto gapirmasam ham boʻlar", - deydi Nargizaning bamaylixotirligidan jahllangan rejisser.

Nargizani rejissyorning gaplari oʻylantirib qoʻyadi, ammo u sir boy bermaydi. Albatta, u ertangi chiqishi haqida yaxshigina bosh qotirishi kerakligini anglardi, shu bilan birga, goʻzallikka qanday qilib tayyorgarlik koʻrish mumkinligini hech tushunmas edi.

Shu tariqa, imtihon arafasida turgan begʻam talaba singari Nargiza tsirk binosini shoshilgancha tark etadi, axir final bosqichga tayyorgarlik koʻrish kerak. Uyga kelgach, onasidan sandiqda sarpo uchun yashirib qoʻyilgan atlas matoni soʻrab olib, kech boʻlishiga qaramay, tikuvchinikiga yuguradi. Tojixon opa - Nargiza faoliyat yuritadigan afsonaviy "Bahor" ansambli uchun sahna liboslarini tikar edi. Nargiza ayolnikiga kelib, tanlovning hal qiluvchi kuni, odamlarga toʻla Tsirk binosi, va tanlovga mos koʻylagi yoʻqligidan chorasiz ahvolda qolgani haqida soʻzlab beradi. Tikuvchi bir oqshomda unga koʻylak tikib berishga rozi boʻladi.

Aktrisa va model Natasha Alam. Arxiv surat
© Commons.wikimedia / Toglenn

Endi raqs ijro etish uchun kuy-qoʻshiqni tanlash qolgandi, xolos. Ijro borasida-ku, muammo yoʻq edi, asosiy masala tomoshabinlar va xayʼat azolari koʻnglini zabt etadigan taronani tanlab olishda edi.

"Boshqa qizlar rejissyor rahbarligida radiostantsiyaga borib, oʻzlariga musiqa tanlab kelishgan ekan. Bunday imkoniyatni qoʻldan boy bergach, hofiz Sherali Joʻrayevning "Sarbon" qoʻshigʻiga raqs tushishga ahd qildim. Bu taronaga mos sahna libosim bor edi", - deya davom etadi Nargiza-opa.

Nargiza Olimova, pervaya Miss Tashkenta
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Nargiza Olimova, pervaya "Miss Tashkenta"

Haqiqiy goʻzallik malikasi

Olimova ertalab Tsirk binosiga kelgach, birinchi galda goʻzallarning atrofida girdikapalak boʻlgan oʻnlab sartaroshlar va grimyorlarga duch keladi. Nargiza ularning yonidan taajjublanib oʻtib ketadi.

"Tovba, bu goʻzallik tanlovi boʻlsa, yuzga grim chaplashning nima keragi bor. Axir biz bu yerga haqiqiy goʻzallikni koʻrsatishga kelmaganmizmi", - degan oʻy kechadi undan oʻsha onda.

Olimovaning aytishicha, u hamisha uyda qoshiga oʻsma qoʻyib yurgan, sochlarini esa tarab, bitta oʻrgan. U oʻz hayotidagi muhim sahna chiqishiga ham xuddi shu koʻrinishda kelgan edi. Faqat yuziga ozroq upa surgan, xolos.

"Birinchi shartda milliy liboslarimizni koʻrsatishimiz kerak edi. Mening navbatim kelgach, Tojixon-opa tikib bergan atlas koʻylak va lozim, baland poshnali tuflida sahnaga chiqdim. Raqs uchun ham malikalar libosiga oʻxshaydigan koʻrkam sahnaviy libos va baland poshnali tufli tanladim. Qoʻshiqning "Ey, sorvon, ohista yur" soʻzlari boshlanishi bilan yirkning tepasidagi tikka zinalardan hirom bilan ohista tushib kela boshladim. Oʻzim esa ichimda, "Ey, Alloh, oʻzing asra. Yiqilib ketmay" deyapman. Qoʻshiqning birinchi soʻzlariga uygʻun harakatlarimdan keyin zalda gulduros qarsaklar va qiyqiriqlar boshlanib ketdi. Men gʻalaba men tomondaligini his qildim", - deya toʻlqinlanib, hamda gʻurur bilan yodga oladi Nargiza Olimova.

Pervaya Miss-Uzbekistan Nargiza Olimova i finalistki konkursa krasotы 1989 goda
Foto iz lichnogo arxiva Nargizы Olimovoy
Pervaya "Miss-Uzbekistan" Nargiza Olimova i finalistki konkursa krasotы 1989 goda

Tanlov gʻoliblarini uchinchi oʻrindan boshlab eʼlon qilishdi. Birinchi oʻrin sohibasini ham aytib boʻlishdi, ammo ular orasida qahramonimiz nomi aytilmaydi. Nargiza tomoshabinlar qoʻllab-quvvatlashi ham men uchun katta yutuq, deb oʻylab turgan bir vaqtda, xayʼat aʼzolari: "Bugungi malikamiz - Nargiza Olimova", deb eʼlon qiladilar.

"Men hayratda, nima boʻlganini tushunmay turib qoldim, bir mahal katta guldasta koʻtarib, koʻzlari toʻla yosh meni tabriklashga sahnaga koʻtarilayotgan Tojixon-opaga koʻzim tushdi. Tuni bilan men uchun libos tikib chiqqan bu ayol Toshkent goʻzali boʻlganimni eshitgach, quvonchdan yigʻlab yuborgandi", — deb hikoya qiladi "Miss Oʻzbekiston".

Gazetnaya vыrezka s zametkoy o Nargize Olimovoy
Foto iz lichnogo arxiva Nargizы Olimovoy
Gazetnaya vыrezka s zametkoy o Nargize Olimovoy

"Malika boʻlish men uchun uyat" yoxud mashhurlikdan keyingi hayot

Nargiza Olimovaga Komsomol MQ nomidan oʻsha vaqtlarda noyob texnika sanalgan - videomagnitofon sovgʻa qilishadi, sohibjamol uni shu vaqtning oʻzida bolalar uyiga oʻtkazib yuboradi. Shuningdek, oʻziga berilgan Germaniyaga putyovkani - bolalikdan bir marta koʻrishni orzu qilgan  boʻlgan mahobatli Toj-Mahalga, yaʼni Hindistonga sayohat yoʻllanmasiga almashtirib berishlarini soʻraydi.

Nargiza Olimovaning tanlov yakunida soʻzlagan nutqi tomoshabinlarda uning chiqishlaridan hatto yorqinroq taassurot qoldiradi.

"Men oʻzimni malika deb bilmayman, men uchun har bir oʻzbek ayoli - malika. Bugun ularning qancha-qanchasi paxta dalalarida ogʻir mehnat qilmoqda, siz buni guvohi boʻlib turibsiz. Ularning qoʻllari yorilib ketgan, terilari quyosh nurlari ostida qurigan, yuzlarida muddatidan oldin ajinlar paydo boʻlgan. Biz oʻzimizga eʼtibor beramiz, ular esa uyda oʻtirmaydi, ishlashadi. Agar ularda ham boʻsh vaqtlari boʻlganida, oʻzlari uchun bir soat vaqt ajratganlarida, bugun sizu-biz mana shu ayollar qiyofasida haqiqiy goʻzallarni koʻrgan boʻlar edik. Ular biz uchun meva-sabzavotlarni yetishtiradi, biz shaharliklar mana shu mahsulotlarni isteʼmol qilganimiz uchun goʻzal va sogʻlom boʻlib yuramiz. Shu bois, men bugun bu yerda oʻzimni malika deb atashga uyalaman. Men tanlovdagi ishtirokim bilan, shunchaki, Oʻzbekistonda haqiqiy goʻzallar borligini isbotlashga uringan edim", - degan oʻshanda oʻttiz yil muqaddam sahnada turib Nargiza Olimova.

Sohibjamolni butun zal olqishlagan.

Oblojka jurnala Molodaya smena s pervoy Miss-Uzbekistan Nargizoy Olimovoy
Foto iz lichnogo arxiva Nargizы Olimovoy
Oblojka jurnala "Molodaya smena" s pervoy "Miss-Uzbekistan" Nargizoy Olimovoy

Tabiiyki, tanlovdagi gʻalabadan soʻng ertasi kuni u mashhur boʻlib uygʻongan. Olimova bu vaqtga kelib, balet artistkasi sifatida ancha-muncha tanilib qolgan ammo "Pravda Vostoka", "Vecherniy Tashkent" va boshqa respublika va shahar gazetalarining old sahifalarida uning surati va "Toshkent malikasi" degan sarlavhali maqolalar chop etilgach, u uchun haqiqiy yulduzli onlar boshlanadi.

Nargiza Olimova, pervaya Miss Tashkenta
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Nargiza Olimova, pervaya "Miss Tashkenta"

"Koʻchada, transportda hamma meni tanigan, hatto qoʻli bilan koʻrsatib, "Biz sizni taniymiz", deyishardi. Albatta bunday mashhurlik oʻziga yarasha ulkan masʼuliyat yukladi, endi har bir harakatga yoʻl qoʻyish, har bir soʻzni aytishdan oldin jiddiy oʻylar edim", - deydi Olimova.

Goʻzallik tanlovi gʻolibasiga kinematograf vakillaridan takliflar yogʻila boshladi. Nargiza-opa kinoda bir nechta rollarni ijro etdi ham, ammo aktyorlik karyerasiga qiziqish bildirmadi. Aytishicha, agar tarixiy kartinalar suratga olinsa, Nodirabegim, Uvaysiy singari maʼrifatparvar ayollar obrazini albatta ijro etgan boʻlardi. Respublikaning bosh goʻzalini "Oʻzbekiston havo yoʻllari"ga styuardessalikka ham chaqirishgan, ammo ishi tufayli dunyoning turli mamlakatlarida tez-tez boʻladigan Olimova, bu taklifni rad etgan. Olamshumul mashhurlikdan soʻng Olimova uzoq yillar davomida oliy darajadagi davlat tadbirlarida, turli ochilish marosimlarida, xayriya tadbirlarida "Miss Oʻzbekiston" maqomida qatnashib kelgan.

2009 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Davlat qurilish akademiyasini tamomlagan va bugun oʻzbek mumtoz raqsini qayta tiklash va saqlab qolish bilan shugʻullanmoqda.

1989 yildan buyogʻiga Oʻzbekistonda goʻzallik tanlovlari oʻtkazilmagan. Unvon sohibasining oʻzi, gʻalabadan keyin, Oʻzbekistonda bu singari tadbirlarni oʻtkazishga ehtiyoj yoʻq, deya taʼkidlagan, qolaversa oʻzbekistonlik qizlarning aksariyati bunday kastinglarga borishga koʻpam rozi boʻlishmas edi. Shu tariqa Nargiza Olimova Toshkentning birinchi va yagona malikasi boʻlib qolgan.

Asosiy mavzular