Scream: Sergey Lazarev “Yevrovidenie-2019” uchun qo‘shiq taqdim etdi

© Foto : Andres Putting (EBU)Sergey Lazarev na Yevrovidenii-2016
Sergey Lazarev na Yevrovidenii-2016 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Yevrovidenie-2019” musiqa tanlovi 14-18 may kunlari Isroilning Tel-Aviv shahrida bo‘lib o‘tadi. Xonanda Sergey Lazarev Rossiya sharafini himoya qiladi.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Rossiyalik xonanda Sergey Lazarev Isroilda bo‘lib o‘tadigan “Yevrovidenie-2019” musiqa tanlovida ishtirok etish uchun ijod qilgan qo‘shig‘ini omma e’tiboriga havola etdi.

Qo‘shiq inglizcha Scream (“Farod”) deb ataladi.

Mazkur qo‘shiq Filipp Kirkorov va yunon bastakori Dimitris Kontopulos tomonidan yaratilgan.

“Yevrovidenie-2019” musiqa tanlovi 14-18 may kunlari Isroilning Tel-Aviv shahrida bo‘lib o‘tadi. Xonanda Sergey Lazarev Rossiya sharafini himoya qiladi.

Qayd etish joizki, Lazarev ushbu tanlovda ikkinchi marotaba ishtirok etmoqda. 2015-yil qo‘shiqchi You’re The Only One qo‘shig‘i bilan uchinchi o‘rinni egallagan edi.

Yangiliklar lentasi
0