09:44 23 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Fillip Kirkorov i Nikolay Baskov

Rossiya "oltin ovozi" Oʻzbekiston primadonnasiga chiroyli kompliment qildi

© Instagram / nikolaibaskov
Madaniyat
Havola olish
200410

Toshkentda hashamatli "Humo Arena"sining tantanali ochilish marosimida Rossiya estradasining eng yorqin yulduzlari ishtirok etdi

TOSHKENT, 15 mar - Sputnik. Rossiya estrada va opera yulduzi Nikolay Baskov Toshkentda "Humo Arena" sport majmuasining ochilish marosimida boshlovchilik qildi va tantanali marosimning asosiy qismi yakunlangach, oʻzbekistonlik muxlislarini "xit" boʻlgan taronalari bilan xushnud etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Baskov kecha davomida Oʻzbekiston haqida iliq gaplari va maqtovlarini aslo ayamadi. Xususan, mamlakat prezidentiga taklif uchun cheksiz minnatdorlik bildirdi va mamlakatda roʻy berayotgan oʻzgarishlarga yuksak baho berib, ijobiy oʻzgarishlarga bosh-qosh boʻlayotgan Oʻzbekiston prezidentiga sogʻlik, zafarlar tiladi. 

U shuningdek, "Humo Arena"sining ochilishiga tashrif buyurgan Rossiya estradasi "pop-qiroli" Filipp Kirkorov bilan birgalikda "Ibitsa" duetini kuylagach, Filipp bilan azaldan qadrdon ekanini, oʻrtalaridagi doʻstlik kun sayin mustahkamlanib borayotganini, Oʻzbekiston va Rossiya xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik rishtalari ham mana shunday mustahkam boʻlib boraverishini tiladi.

Yulduz Usmonovaning chiqishidan keyin, Baskov Oʻzbekiston primadonnasiga chiroyli kompliment qildi.

"Betakror Yulduz Usmonova, siz qoʻshiq kuylaganingizda, men xuddi oʻzbek palovini tanovvul qilayotgandek boʻlaman", - dedi Baskov va Oʻzbekiston xalq artisti Blduz Usmonovani oʻpib, olqishlab qoʻydi.

Rossiya "oltin ovozi"ning oʻzbek sanʼatkoriga bu xushomadi zalda gulduros qarsaklar bilan qarshi olindi.

Asosiy mavzular