“Elparvar” tarixiy filmi ekranlarga chiqdi

© "Uzbekkino"Film "Elparvar" vishel na ekrani
Film Elparvar vishel na ekrani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekiston kinoteatrlari ekranlariga "O‘zbekkino" milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan  "Elparvar" tarixiy filmi ekranlarga chiqdi.

TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Bugun O‘zbekistonda "O‘zbekkino" milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan  “Elparvar” filmi katta ekranga chiqdi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekkino".

"Film premyerasi 19-mart kuni soat 18:00da Alisher Navoiy nomli kinosaroyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. “Elparvar” badiiy  filmini 20-martdan yurtimizning barcha kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin", - deyilgan xabarda. 

Filmda XII asr oxiri XIII asr boshlarida Markaziy Osiyo hududida Chingizxon istilosi bilan bog‘liq voqealar aks etgan. Filmning bosh qahramoni, o‘z qishlog‘ini qutqarish uchun dushmanga qarshi kurashgan o‘spirin kamonchi yigit - Muqbildir. Filmda, shuningdek, o‘sha davr qahramoni Jaloliddin Manguberdi obrazi ham o‘ziga xos uslubda yoritilib o‘tilgan.  

Bosh rollarni aktor Abdug‘afur Isaxonov hamda aktrisa Feruza Yusupovalar ijro etishgan. Jaloliddin Manguberdi rolini - Mehriddin Rahmatov gavdalantirgan. Ssenariy mualliflari Abdulla A’zam va Yolqin To‘ychiyevdir. Film produseri Zafar Yo‘ldoshev va rejissori Abduvohid G‘aniyevdir. 

Yangiliklar lentasi
0