Shahzoda Kremlda Filipp Kirkorovdan maxsus sovg‘ani qabul qilib oldi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishVruchenie muzikalnoy premii BraVo
Vruchenie muzikalnoy premii BraVo  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik taniqli xonanda Kreml saroyi sahnasida Rossiya va jahon estradasi yulduzlari bilan birgalikda chiqish qilib, BraVo xalqaro musiqiy san’at tanlovida ishtirok etdi.

TOShKENT, 21 mar — Sputnik, Lev Rijkov. Ommabop musiqa sohasida o‘tkaziladigan BraVo Xalqaro professional musiqiy mukofot tanlovida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik xonanda Shahzoda Filipp Kirkorovning shaxsan o‘zidan maxsus yutuqni qabul qilib oldi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri voqea joyidan.

Uzbekskaya pevitsa Shaxzoda - Sputnik O‘zbekiston
Xonanda Shahzoda Kreml sahnasida qo‘shiq kuylaydi

Rossiya estradasi qiroli musiqiy tanlov jo‘g‘rofiyasi kengaygani munosabati bilan, taklif etilgan maxsus mehmon sifatida o‘zbek xonandasiga esdalik haykalchani taqdim etdi.

"Siz O‘zbekistonning buyuk xonandasisiz", — dedi Kirkorov, Shahzodaga mukofotni topshirar ekan.

Shahzoda o‘z navbatida tanlov tashabbuskorlariga minnatdorlik bildirdi va bunday e’tibordan g‘oyatda ta’sirlanganini aytdi. Artist barcha mehmonlarni 21-mart kuni turkiy xalqlar tomonidan keng nishonlanadigan Navro‘z bayrami bilan muborakbod etdi.

Kreml saroyida o‘tkazilgan tantanali kechada Rossiya estradasi yulduzlari, shuningdek chet ellik afsonalar - amerikalik xonanda Maykl Bolton, Buyuk Britaniyadan Leon Lyuis va irlandiyalik rok-musiqachi Kris de Burg chiqish qilishdi.

BraVo tanlovi doirasida musifiy eskpertlar "Yil xonandasi", "Yil musiqiy videosi" va "Yil taronasi" kabi turli nominatsiyalarda g‘oliblarni aniqlaydilar.

Yangiliklar lentasi
0