Unvonidan mahrum qilingan "Miss Moskva" qimmatbaho tojni sindirdi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishPobeditelnitsa konkursa krasoti "Miss Moskva 2018" Alesya Semerenko
Pobeditelnitsa konkursa krasoti Miss Moskva 2018 Alesya Semerenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlov tashkilotchilari sohibjamoldan yarimqimmatbaho toshli tojni katta qiyinchilik bilan qaytarib olishga muvaffaq bo‘lishganini aytishmoqda. Kamiga toj siniq holatda, ta’mirtalab ekani aniqlangan.

TOShKENT, 23 mar - Sputnik. "Miss Moskva" tanlovining 23-yillik tarixida birinchi marta "Moskva go‘zali-2018" deb tan olingan Alesya Semerenko unvoni hamda tojidan mahrum qilindi. Tanlov majburiyatlariga amal qilmagan sohibjamol shuningdek yarim million rubl jarima to‘lashi ham mumkin.

Korona pobeditelnisi konkursa krasoti - Sputnik O‘zbekiston
"Har bir o‘zbek ayoli - malikaligini isbotladim" - birinchi "Toshkent go‘zali" bilan intervyu

Go‘zallik tanlovi yuristi Pavel Staviskiyning so‘zlariga ko‘ra, shartnomada nazarda tutilgan jarima sanksiyalari tanlov obro‘yiga putur yetkazganlik uchun undirib olinadi. 

Staviskiyga ko‘ra, Semerenko ijtimoiy tarmoqlardagi "Miss Moskva" tanloviga bag‘ishlangan barcha materiallarni olib tashlashi kerak, aks holda tanlov tashkilotchilari sohibjamolni sudga berishlarini aniq.

Tanlov tashkilotchilari go‘zalni unvondan mahrum qilish sabablariga izoh berar ekanlar, Semerenko shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarmagani va tanlov g‘olibasi uchun majburiy bo‘lgan tadbirlarda umuman ko‘rinish bermaganini aytishgan edi.

Semerenko bunga javoban tashkilotchilarni bo‘xtonda aybladi. U "ushbu tadbirlarda hech kim uni u yoqqa chaqirmagani" tufayli bormaganini aytdi. Qo‘ng‘iroqlarga esa "telefonim ta’mirda bo‘lgani uchun javob bermaganman", deya qo‘shimcha qildi.

"Bir narsani aytishim mumkin, mening tojim kimningdir ko‘zini juda kuydirmoqda", — deb yozgan Semerenko o‘z Instagramida.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, tojni Semerenkodan olishda ancha qiyinchiliklarga duch kelingan, va nihoyat olingach, toj siniqligi aniqlangan.

Semerenkoning unvondan mahrum etilgani haqida 21-mart kuni xabar berildi. Endilikda "Miss Moskva-2018" unvoni, shuningdek, g‘oliba toji birinchi vitse-miss Kseniya Palenovaga o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0