15:46 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
V Termeze proydet festival iskusstva Baxshi

Termizda birinchi Xalqaro baxshichilik festivali boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi

Press-slujba Goskomturizma Uzbekistana
Madaniyat
Havola olish
454 0 0

Sayyohlarga koʻmak tariqasida va xavfsizlik maqsadida esa shaharda festival vaqtida turistik politsiya ishlaydi.

TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. Termizda Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida birinchi Xalqaro baxshichilik festivaliga tayyorgarlik ishlari jadal ketmoqda, deb xabar berdi Turizm qoʻmitasi matbuot-xizmati.

© Sputnik / Vladimir Astapkovich

Shaharda madaniyat va infratuzilmalar obʼyektlari tayyorlangan – tashrif uchun Termiz arxeologiya muzeyi ochilgan, shahar ayeroportining yangi terminali ishga tushmoqda, markaziy koʻchalar obodonlashtirildi, jamoat joylarida sanitariya-gigiyena obektlari oʻrnatilgan.

Qisqa vaqt ichida, Termizdagi "Bolajon" madaniyat va istirohat bogʻida har bir viloyatning milliy qiyofasi - xalq amaliy va tasviriy sanʼati namunalari, milliy taomlar va liboslar aks ettirilgan Oʻzbekiston viloyatlarining koʻrgazmali stendlari oʻrnatilgan. 

Sayyohlarga koʻmak tariqasida va xavfsizlik maqsadida esa shaharda festival vaqtida turistik politsiya ishlaydi.

Bundan tashqari, festivalni tezkorlik bilan yoritish uchun Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazida dunyoning 20 mamlakatidan 30dan ortiq jurnalistlar, shuningdek Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari ishlaydigan matbuot markazi tashkil etilgan.

Asosiy mavzular