02:02 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Shavkat Mirziyoyev na festivale iskusstva baxshi v Termeze

Shavkat Mirziyoyev: folklor sanʼati bu – insoniyatning bolalik qoʻshigʻidir

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Madaniyat
Havola olish
194 0 0

Termizda boʻlib oʻtayotgan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalida dunyoning 74 ta davlatidan 160 dan ziyod vakillar qatnashmoqda.

TOSHKENT, 7 apr – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida kecha boshlangan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali ochilish marosimdagi nutq soʻzladi.

Soʻz boshida prezident ushbu festivalni tashkillashtirishda koʻmak bergan xalqaro tashkilotlar, Markaziy Osiyo davlatlarining madaniyat muassasalari rahbarlariga minnatdorlik bildirdi.

Mejdunarodnыy festival iskusstva baxshi v Termeze
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Mejdunarodnыy festival iskusstva baxshi v Termeze

Shundan soʻng prezident bugungi globallashuv zamonida folklor sanʼati susayib borayotgani haqida afsus bilan gapirddi.

“Ayni vaqtda hozirgi globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan “ommaviy madaniyat”, shou-biznesning salbiy taʼsiri tobora kuchayib borayotgan murakkab zamonda har qanday milliy madaniyatning bulogʻi boʻlgan folklor sanʼatiga eʼtibor va qiziqish, afsuski, susayib borayotgani ham sir emas. Holbuki, folklor sanʼati, taʼbir joiz boʻlsa, bu – insoniyatning bolalik qoʻshigʻidir.

Mana shunday noyob va buyuk sanʼat bugungi kunda shunchaki madaniy yodgorlik namunasiga aylanib, koʻp joylarda unutilib ketayotgani, himoya va muhofazaga muhtoj boʻlib turgani – bu ham davrimizning achchiq haqiqatidir. Bu haqiqat ushbu goʻzal va betakror sanʼatning chinakam fidoyilari sifatida siz, azizlarni hammadan koʻra koʻproq tashvishga solayotganiga ishonaman.

Mejdunarodnыy festival iskusstva baxshi v Termeze
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Mejdunarodnыy festival iskusstva baxshi v Termeze

Shu sababli tengsiz maʼnaviy boyligimiz boʻlmish mumtoz sanʼatni, xalq ijodining nodir namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilgʻor fikrli olimlar va sanʼatkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilayotgan xalqaro baxshichilik sanʼati bayramida dunyoning 74 ta davlatidan 160 dan ziyod vakillar qatnashmoqda.

Shavkat Mirziyoyev nutqi bilan toʻliq quyida tanishishingiz mumkin.

Mejdunarodnыy festival iskusstva baxshi v Termeze
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Mejdunarodnыy festival iskusstva baxshi v Termeze

Asosiy mavzular