09:57 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev, prezident Kazaxstana Kasыm-Jormat Tokayev i pevets Dimash Kudaybergen

Toshkentda xonanda Dimash Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi

© Instagram / tokayev_online
Madaniyat
Havola olish
594 0 0

"Kecha Dimash Toshkentda SOS d‘un terrien en detresse nomli frantsuz qoʻshigʻini ijro etdi va oʻzbek tomoshabinlari qalbini zabt etdi”, - deb yozgan prezident Tokayev.

TOSHKENT, 17 apr – Sputnik. Toshkentda qozogʻistonlik xonanda Dimash Kudaybergen Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bilan uchrashdi. Uchrashuv haqida Qozogʻiston prezidenti Instagram sahifasida maʼlum qildi.

“Dimash Kudaybergen – Qozogʻistonning dovrugʻini dunyoda doston qilayotgan yulduz. Turli davlatlardagi muxlislari uning kontsertlarida boʻlish va noyob ovozini eshitishni istaydi. Kecha Dimash Toshkentda SOS d‘un terrien en detresse nomli frantsuz qoʻshigʻini ijro etdi va oʻzbek tomoshabinlari qalbini zabt etdi”, - deb yozgan prezident Tokayev.  

Internetda eʼlon qilingan suratlarda taniqli xonanda va Qozogʻiston va Oʻzbekiston prezidentlari  Kasim-Jomart Tokayev va Shavkat Mirziyoyev tasvirlangan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot QASYM-JOMART TOQAYEV (@tokayev_online)

Qoʻshiqchi Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning davlat tashrifi doirasida Toshkentda “Oʻzbekiston”  xalqaro anjumanlar saroyida chiqish qildi.

Eslatib oʻtamiz, Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 14 aprel kuni Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgandi.

15 aprel kuni “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Oʻzbekistonda Qozogʻiston yilining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Asosiy mavzular