03:09 25 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Abu Ali Ibn Sino - Avitsenna

Frantsiyada Abu Ali ibn Sino haykali oʻrnatildi

© Sputnik / Georgiy Zelma
Madaniyat
Havola olish
306 0 0

Anjumanda Buxoroning musiqa va raqs sanʼati noyob namunalari namoyish etildi.

TOSHKENT, 19 apr – Sputnik. Joriy yilning 17 aprel kuni Frantsiyaning Ryuey-Malmezon shahridagi “Doʻstlik” parkida oʻzbek bogʻi va buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino sharafiga yodgorlik haykalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Buxoro viloyat hokimi Oʻktam Barnoyev boshchiligidagi delegatsiyaning Frantsiyaga tashrif jarayonida delegatsiya aʼzolari Ryuey-Malmezon va Buxoro shaharlari oʻrtasida 20 yildan buyon davom etib kelayotgan birodarlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash yoʻnalishlari haqida muzokaralar oʻtkazishgan.

Anjumanda Buxoroning musiqa va raqs sanʼati noyob namunalari namoyish etildi va unda 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Shaharda delegatsiya aʼzolari uchun biznes Forum ham tashkil etildi.

Shuningdek, Frantsiyada energetika, vinochilik, savdo va turizm yoʻnalishida yetakchi kompaniyalarning vakillari bilan muzokaralar oʻtkazildi. 

Asosiy mavzular