Ruslar O‘zbekistonda axil-inoq hayot kechirmoqda - Samarqand hokimi

Obuna bo‘lish
Toshkentda o‘tkazilgan "O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni asrash, rus tili va madaniyatini rivojlantirish, vatandoshlar haqidagi tarixiy xotirani asrashda O‘zbekiston rus milliy madaniyat markazining roli" mavzuyidagi ilmiy-amaliy anjuman qatnashchilari 20-aprel kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

TOShKENT, 20 apr - Sputnik. O‘zbekistonda rus milliy madaniyat markazi tashkil etilganining 25-yilligi keng nishonlanmoqda, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Mixail Drozdov, Predsedatel Vsemirnogo koordinatsionnogo soveta rossiyskix sootechestvennikov - Sputnik O‘zbekiston
Drozdov: O‘zbekistonda vatandoshlarimiz qanday yashayotganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik

Sana munosabati bilan Toshkentda o‘tkazilgan "O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni asrash, rus tili va madaniyatini rivojlantirish, vatandoshlar haqidagi tarixiy xotirani asrashda O‘zbekiston rus milliy madaniyat markazining roli" mavzuyidagi ilmiy-amaliy anjuman qatnashchilari 20-aprel kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Republika Rus milliy madaniyat markazi rahbarlari, Rossiya vatandoshlari butunjahon muvofiqlashtirish kengashi a’zolari, Rossiya, Xitoy, Moldova, Ozarbayjon, Gruziya va boshqa davlatlardan kelgan mehmonlar Samarqand temir yo‘l vokzalida viloyat hokimi o‘rinbosari Qobilov boshchiligida keng jamoatchilik tomonidan tantanali kutib olindi.

"Samarqand shahar hokimligida o‘tkazilgan tadbirda shahar hokimi Furqat Rahimov mehmonlarni tabriklab, O‘zbekistonda turli millat va elatlar qatori ruslar ham ahil-inoq, hamjihatlikda yashab kelayotganini ta’kidladi. Bu borada rus milliy madaniyat markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi", deyiladi xabarda.

Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya elchisi O‘zbekistondagi Rus madaniy markazini yubiley sana bilan qutladi

O‘zbekiston rus milliy madaniyat markazi raisi Sergey Mironov esa O‘zbekistonda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar markaz ishini risoladagidek yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘layotganini, markaz tomonidan tashkil etilayotgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida vatanparvarlik, millatlararo hamjihatlik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat g‘oyalarini qaror toptirishga xizmat qilayotganini qayd etgan.

Mehmonlar Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarni tomosha qiladilar.

Yangiliklar lentasi
0