12:34 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
V Tashkente sostoyalas vstrecha s rep  ispolnitelyami

Toshkentda rep yoʻnalishida ijod qiluvchi yoshlar bilan yigʻilish oʻtkazildi

© Uzbekkontsert
Madaniyat
Havola olish
12610

Joriy yil 16-18 avgust kunlari Toshkent shahrida Rep va Didjeylarning Xalqaro festivalini oʻtkazish belgilangan.

TOSHKENT, 14 may – Sputnik. "Oʻzbekkontsert” davlat muassasasida 14 may kuni “rep va shu kabi yoʻnalishlarda ijod qiluvchi yoshlar bilan “Rep va shu kabi yoʻnalishlarda milliy qadriyatlar uygʻunligi” mavzusida ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda rep va shu kabi yoʻnalishlarni rivojlantirish, bu yoʻnalishlarda ijod qilayotgan ijodkorlar bilan samarali hamkorlik qilish, ularni qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

V Tashkente sostoyalas vstrecha s rep  ispolnitelyami
V Tashkente sostoyalas vstrecha s rep ispolnitelyami

“Chunki rep yoʻnalishida ijod qilayotgan koʻpchilik yoshlarga nisbatan salbiy qarashlar mavjudligi, shu bois bu yoʻnalishda ijod qilayotganlar borasida turli fikrlar yuzaga kelgani ham sir emas”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, joriy yil 16-18 avgust kunlari Toshkent shahrida Rep va Didjeylarning Xalqaro festivalini oʻtkazish belgilangan.

V Tashkente sostoyalas vstrecha s rep  ispolnitelyami
V Tashkente sostoyalas vstrecha s rep ispolnitelyami

“Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi kelgusida rep ijrochilarini saralash, ularning ijodini baholash, master-klasslar oʻtkazish, original qoʻshiqlar yaratishlariga koʻmaklashish kabi tizimli ishlarni ham yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.   

“Ijtimoiy tarmoqlarda “Rep yoʻnalishi” boʻyicha lebel, telegramm bot, instagram tarmoqlarida yangi rukn ochish va ularni yangiliklar bilan toʻldirib borish, yaxshi ijro mahoratiga ega rep ijodkorlarini saralash hamda ular orqali Vatanni ulugʻlovchi qoʻshiqlar tayyorlash va ularga klip suratga olish, telekanallarda namoyish etish, kontsert dasturlariga tavsiya etish kabi koʻplab imkoniyatlar ham yaratiladi. Mazkur davra suhbatida ishtirokchi ijodkorlar bilan fikr almashilib, rep yoʻnalishining istiqboldagi rejalari belgilab olindi”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular