12:35 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Pevitsa Maksim

Rossiyalik xonanda MakSim ilk bor Toshkentda kontsert beradi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Madaniyat
Havola olish
33010

Artist yaqinda avariyaga uchragan va jiddiy jarohat olgan edi. Hozirda ahvoli yaxshilanmoqda. Xonanda Toshkentdagi kontsert dasturi sanasini intizorlik bilan kutyapti.

TOSHKENT, 17 may - Sputnik. Aprel oyi oxirida jiddiy avariyaga uchragan xonanda MakSim, 25 may kuni Toshkentda kontsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda sanʼatkorning prodyuseri Instagram da xabar bergan.

View this post on Instagram

A post shared by Margarita Sokolova (@sokllovamargarita) on

"Toshkent bizni kut! Biz albatta kelamiz. Sanʼatkor ahvoli yaxshilanmoqda va bu uning ilk kontserti boʻladi. Va biz bu dasturni oʻtkazib yubormoqchi emasmiz. Shifokorlar ham bizni qoʻllab-quvvatladi. Bularning barchasini bizni Toshkentda kutayotganlar uchun yozayapman. Uchrashguncha", - deb yozgan Margarita Sokolova.

Eslatib oʻtamiz, rossiyalik xonanda MakSim (Marina Abrosimova) oʻz avtomobilida yangi klipini suratga olish uchun aeroportga shoshilayotgan vaqtida jiddiy YTHga uchragan edi.

Sal vaqt oʻtib, artist oʻz sogʻligʻi uchun qaygʻurgan muxlislariga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, xonanda 2006 yilning 28 martida "Trudnыy vozrast" deb nomlangan albomni chiqarishi bilan, shuhrat qozongan. Qoʻshiqlar toʻplami 1,5 million nusxalarda tarqalgan va 2007 yilda MakSim Rossiyaning tijoriy jihatdan eng omadli xonandalaridan biriga aylangan edi.

Qisqa vaqt ichida MakSim Rossiya va MDH davlatlarining eng mashhur xonandalariga aylana oldi.

MakSim shuningdek, MDH mamlakatlari radiochartida xit-taronalar boʻyicha rekord oʻrnatgan xonandadir. Xonandaning yettita taronasi birinchilikkacha yetib borgan va reyting shohsupasida umumiy hisobda 34 hafta turgan.

Asosiy mavzular