16:35 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Madaniyat
Havola olish
222620

Oʻzbek estradasi primadonnasi Yulduz Usmonova tojikistonlik mashhur xonanda Shabnami Surayyo bilan ajoyib duet kuyladi.

TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Yulduz Usmonova va Shabnami Surayyo birgalikda “Taralla Dalli” nomli qoʻshiq ijod qilishdi. Ushbu quvonchli xabar bilan Shabnami Surayyo oʻzining Instagram᾽dagi sahifasida oʻrtoqlashdi.

“Oʻzbek estradasi qirolichasi va primadonnasi, hurmatli @yulduzibragimovnausmonova bilan uzoq kutilgan duet. Bunday ajoyib ijodkor shaxs bilan qoʻshiq kuylash men uchun sharaf”, - deya yozgan Shabnam.

Qoʻshiq maromiga yetkazib kuylagan. Ikki tilda ijro etilgan tarona barchaga birdek manzur boʻldi. Foydalanuvchilar oʻzlarining ijobiy izohlarini yozib qoldirishmoqda.

“Duetligini bilmagan odam qoʻshiqni ikki tilda bir kishi ijro etyapti deb oʻylaydi, menimcha. Negaki ovozlari bir-birlariga rossa ham mos tushgan. Gap yoʻq, zoʻr chiqibdi. Omad hamdoʻstlikka”, - deya yozgan muxlislardan biri.

Avvalroq tojikistonlik xonanda Shabnami Surayyo Zohirshox Joʻrayev kontsertida ishtirok etib, u bilan qoʻshiq kuylagan edi.

Asosiy mavzular