23:46 18 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Tyurdenev na dne rojdeniya Pushkina v Tashkente

Tyurdenev: Pushkinning merosi Rossiya va Oʻzbekiston xalqlarini bugun ham birlashtirmoqda

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Madaniyat
Havola olish
8410

Atoqli rus shoiri Aleksandr Sereyevich Pushkin tavalludining 220 yilligi munosabati bilan Toshkent shahridagi shoir haykali poyida tantanali marosim oʻtkazildi. RFning Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenevning soʻzlariga koʻra, shoirning merosi nafaqat xalqlarni birlashtiradi, balki rus maʼdaniyati va anʼanalarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Marosimda soʻzga chiqqan Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev Oʻzbekistonda Pushkin va uning ijodiga hamisha alohida eʼtibor qaratib kelinganini taʼkidladi.

"Oʻzbek tilida 100 jildlik rus adabiyoti durdonalarini nashr etish loyihasi aynan rus adabiyoti va dramaturgiyasining shakllanishiga ulkan hissa qoʻshgan Pushkin asarlarini nashr etishdan boshlangani ramziy maʼnoga ega. Aynan Oʻzbekistonda birinchi pushkinshunoslik jamiyati tashkil etilgan. Bu mamlakatning rus namoyondasiga boʻlgan eʼtiboridan dalolat beradi”, - dedi elchi.

Rus elchisi Toshkentdagi  shoir haykali oʻrnatilgan maydon aholi va shahar mehmonlarini oʻziga jalb qilishini, yodgorlikni esa haqiqatdan ham eng yaxshilardan deb atash mumkinligi qoʻshimcha qildi.

Asosiy mavzular