14:26 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Oʻzbekiston tarixi – josus nazarida

© UzA
Madaniyat
Havola olish
1385 0 0

Oʻzbekistonda 19 asrda Markaziy Osiyoga josuslik maqsadida sayohat qilgan vengriyalik Arminiy Vamberining kitoblaridan biri chop etildi.

TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. Yaqinda “Info Capital Group” nashri tomonidan Oʻzbekiston tarixi haqida qiziqarli kitob  chop etildi, deb xabar qilmoqda OʻzA.

Bu kitob vengriyalik sayohatchi va olim Arminiy Vamberining “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi” nomli asarining oʻzbek tiliga tarjimasidir. Asar tarjimon Sirojiddin Ahmad tomonidan rus tilidan oʻzbek tiliga oʻgirilgan. U yerda yetishmagan va rus olimlari tomonidan qisqartirilgan joylari asarining ingliz va nemis tilidagi nusxasi asosida toʻldirilgan.

Quyida ushbu noyob kitob qanday paydo boʻlgani va uning muallifi Arminiy Vamberi haqida toʻxtalib oʻtamiz.

Arminiy Vamberi 1905 yil

Arminiy Vamberi (yoki German Bamberger) 1832 yilda Budapeshtda kambagʻal yahudiylar oilasid tugʻiladi. U 5 yoshidan boshlab onasiga yordam berishga majbur boʻladi. Keyinchalik u yahudiylar maktabida, undan soʻng esa Sankt-Georgen monastiriga oʻqishga kiradi.

U yerda Vamberida lingvistikaga juda katta qiziqish uygʻonadi. U tez orada, nemis, frantsuz va ingliz tillarini oʻrganib oladi. Undan tashqari Vamberi turk tili Usmoniylar davlati madaniyati va sheʼriyatiga katta qiziqish uygʻonadi.

20 yoshida Vamberi ilk bor Istambulga keladi, u yerda u Turk ulamolarining farzandlariga nemis va frantsuz tillaridan dars berish evaziga kun koʻradi. 1858  yilda Vamberi oʻzi tuzgan turkcha – nemischa lugʻatini chop etadi. Shundan soʻng u “vengr tili turk tilidan kelib chiqqan” mavzusida ilmiy ish ham yozadi.

Arminiy Vamberi

Istambulda Vamberi nafaqat turk tilini, balkim musulmoncha urf-odatlarni, namoz oʻqishni, kiyinishni va boshqa sharqona millatlarga xos barcha amallarni oʻrganadi. Kelib chiqishi yahudiy (qora soch, soqolli)  boʻlgan Vamberi yaxtak ishton va salla oʻrab koʻchada yurganda kishilar unga “afandim” deb murojaat qilishadigan boʻladi.

Shundan soʻng u Istambul va Tehrondagi Britaniya elchixonalari bilan aloqa oʻrnatib ularga oʻz xizmatlarini taklif qiladi. 1863 yilning may oyida Vamberi “Rashid afandi” nomi ostida darvesh kiyimida yoʻlga chiqadi.

Arminiy Vamberi

1863 yilning 30 mayida ham josus ham olim Vamberi Xiva orqali Markaziy Osiyo hududiga kirib keladi. Bu yerda u yoʻllar, suv havzalari, Xiva va Buxoro davlatlari tuzilishi, ularning armiyasi, oʻzaro siyosiy munosabatlari haqida maʼlumot jamlaydi.

Shu bilan birga Vamberi markaziy Osiyo tarixi, madaniyatiga oid qoʻlyozmalar va tarixiy kitoblarni xarid qilish bilan shugʻullanadi. U Xivadan soʻng, Buxoro, keyin Samarqandga yoʻl oladi.

Vamberining Markaziy Osiyoga sayohati 6 oy davom etadi. 1863 yilning noyabr oyi oʻrtalarida u katta karvonga qoʻshilib Eronga qaytadi. Undan soʻng Istambulga va Budapeshtga qaytib, toʻplagan materiallari asosida kitoblar chop eta boshlaydi.

Xususan, uning “Oʻrta Osiyo boʻylab sayohat” kitobi Londonda 1864 yilda, “Oʻrta Osiyo ocherklari”, 1868 yilda, “Chigʻatoy tilidan qoʻllanma” 1867 yilda, “Buxoro yoki Transoksaniya tarixi” 1873 yillarda chop etiladi.

Xoʻsh, Vamberining ushbu asarlarini qanday baholash mumkin? Bu faktlar va xulosalarga boy ilmiy ishlarmi yoki oddiy sayohatchi kundaligimi? - U ham emas bu ham emas.

Vamberi oʻz kitobida musulmonchilik va oʻzbeklarni unchalik xush koʻrmagani sezilib turadi, deyishadi uning kitobini oʻqigan va tarjima qilgan olimlar.  

“Rashid afandi” sayohat xotiralarida Turkistonning maʼnaviy-ijtimoiy, siyosiy va harbiy hayotiga oddiy sayohatchi koʻzi bilan emas, balki harbiy tekshiruvchi nazari bilan qaraydi. Agarda haqiqiy sharqshunos olim yoki faylasuf boʻlganida masalaga biroz boshqacharoq, aytish mumkinki kengroq qarardi”, - deb yozadi asar tarjimoni Sirojiddin Ahmad.  

2005 yilda Britaniya razvedkasi maxfiylik muddati tugagan hujjatlarni ochiqlaganda Vamberining Oʻrta Osiyoga qilgan ushbu sayohati davomida Britaniya razvedkasi buyurtmasini ham bajargani maʼlum boʻlgan edi. Undan tashqari sayohatdan soʻng Vamberiga Britaniya hukumati 49 yil davomida nafaqa toʻlagani ham fakt.

Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, Vamberi hayoti davomida 4 marotaba oʻz dinini oʻzgartirgan – yahudiylik va islom dini orasida. Aytimoqchi uning oʻgʻlining ismi – Rustam Vamberi boʻlgan.

Asosiy mavzular