09:37 18 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

VDNX bogʻidagi Oʻzbekiston paviloni restavratsiya qilinmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Madaniyat
Havola olish
33310

VDNX bogʻidagi Oʻzbekiston paviloni asl holatiga keltirish maqsadida restavratsiya qilinmoqda.

TOSHKENT, 16 iyun – Sputnik. VDNX bogʻidagi Oʻzbekiston paviloni asl holiga keltirilmoqda, deb xabar qildi "Mir 24" telekanali.

Moskva shahridagi VDNX bogʻidagi 66 pavilon - sobiq SSSR davrida Oʻzbekiston paviloni boʻlgan. Bu yerda Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi yutuqlari namoyish qilingan.

Yaqinda Toshkentda boʻlib oʻtgan MGIMO bitiruvchilari forumida Rossiya Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy ushbu pavilon Oʻzbekistonga foydalanish uchun muddatsiz ravishda topshirilishi xabar qildi.

Pavilon binosi 1950 yillarda Moskvada keng tarqalgan “Stalin ampiri” hamda oʻzbek milliy meʼmorchiligi aralashmasi uslubida qurilgan. Ushbu pavilon oʻsha vaqtlarda VDNXning eng chiroyli binolaridan biri boʻlgan va sanʼat asari hisoblangan, lekin keyinchalik 90 yillarda qarovsiz qolib ancha zarar koʻrgan. 

2017 yilda pavilon Moskva shahar hokimligi ixtiyoriga topshirilganidan boshlab u yerda keng qamrovli restavratsiya ishlari boshlab yuborilgan. Restavratorlar ushbu pavilonni autentik holatga keltirishga harakat qilishmoqda.

Pavilonda oʻrnatilgan 8ta naqshinkor yogʻoch eshiklar, pavilon devoridagi bezakli romlar ham ochilishi, pavilonning ichki koʻrinishi ham toʻliq qayta tiklanmoqda.

Pavilon bezatilgan naqshlarda oʻzbek milliy uslubidagi shakllar bilan bir qatorda Sovet ittifoqi simvoli boʻlgan besh qirrali yulduzlar ham juda koʻp uchraydi. Oʻsha vaqtdagi ustalar milliy va umumittifoq simvollarni mahorat bilan uygʻunlashtirgan. Restavratsiya qilingan pavilon bezaklarida ham besh qirrali yulduzlar oʻz joyida saqlab qolinadi. 

Quyida “Mir 24” telekanalining ushbu pavilonda restavratsiya ishlari qanday olib borilayotgani haqidagi reportaji bilan tanishing.

Asosiy mavzular