07:07 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Madaniyat
Havola olish
316 0 0

Teletomoshabinlar Allamjonovga turk seriallari va lotoreya oʻyinlari soni koʻpayib ketganidan shikoyat qilishdi.

TOSHKENT, 19 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov oʻzining Facebookdagi sahifasida nodavlat telekanallar faoliyatini tanqid qildi.

Xususan, Allamjonov Agentlik nomiga telekanallarda namoyish etilayotgan turk seriallarni ustida kelib tushayotgan arizalar soni 5 baravar ortganini xabar qildi.

“Soʻnggi vaqtlarda mamlakat fuqarolarining nodavlat telekanallar efirida namoyish etilayotgan xorijiy, asosan turk seriallaridan noroziligi ortib borishi kuzatilmoqda va Agentlikka kelib tushgan murojaatlariga koʻra, ushbu seriallar koʻp hollarda oʻzbek xalqining milliy udum va anʼanalariga, shuningdek milliy oʻzligimizga maʼno va mazmun jihatdan mos kelmaydi”, - deydi Allamjonov  

Ikkinchidan, Agentlik direktori nodavlat telekanallarda mahsulot va xizmatlar savdosini koʻpaytirishga qaratilgan pul va sovgʻalar oʻynaladigan koʻrsatuvlar soni oshganini aytib oʻtdi.

Allamjonov aytishiga qaraganda, nodavlat telekanallar koʻrsatuvlar setkasi tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, telekanallar tizimli ravishda Litsenziya kelishuvi talablarini buzib kelishmoqda va ushbu holatlar Agentlikda asosli xavotirlar uygʻotmoqda.

 

Asosiy mavzular