12:52 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Madaniyat
Havola olish
95010

Otadi, chopadi, soʻkadi - hammasi bir-birini xotini bilan yuradi, bu qanaqa maʼnaviyat! - turk seriallariga munosabat bildirildi.

TOSHKENT, 19 iyun – Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov Oʻzbekiston telekanallari faoliyatining ayrim jihatlarini tanqid qiluvchi post qoldirgan edi.

Xususan Allamjonov telekanallarda namoyish etilayotgan turk seriallari ustidan kelib tushayotgan shikoyatlar soni 5 baravar ortganini hamda nodavlat telekanallarda lotoreya orqali sifatsiz mahsulotlarni targʻib qilish avj olgani haqida gapirgan edi.

Qiqsa vaqt ichida ushbu xabar ostiga yuzlab izohlar va fikrlar paydo boʻldi. Ularning aksariyati Allamjonov tanqidini qoʻllab-quvvatlashdi. Quyida ushbu postlardan, bizning fikrimizcha, eng eʼtiborga loyiqlarini keltirib oʻtamiz:  

“Turk seriallarni atayin kuzatdim va ularda biror marta oilani muqaddas tushuncha ekanligi, oilada er-xotin bir-biriga xiyonat qilish kechirilmas gunoh ekanligini, qurol koʻtarib yurish jinoyat ekanligini, qiz bolani ibo-hayosi, ota-onasini, aka-ukasining oldida "sevgi oʻyinlarini oʻynashi" uyat ekanligini - targʻib etuvchi birorta ham lavha koʻrmadim!  <...> Otadi, chopadi, soʻkadi - hammasi bir-birini xotini bilan yuradi!!! Bu qanaqa maʼnaviyat!”, – deb yozgan Diyorbek Rayimjonov.

-Yana bir gap, taraqqiyotga erishgan davlatlar xech qachon serial koʻrib taraqqiyotga erishmagan! Biz ham iqtisodiy jixatdan oldimizga koʻygan maqsadlarimizga erishib olaylik, keyin bemalol, afrikani seriallarini koʻrib oʻtirsak yarashaveradi – deb qoʻshimcha qilgan ushbu foydalanuvchi.

Feysbuk foydaanuvchilari, shuningdek, Oʻzbekiston telekanallaridagi boshlovchilar adabiy oʻzbek tilida gapirmayotganidan ham shikoyat qilishgan.

“Assalomu alaykum ! Hurmatli Komil Allamjonov! Hozirgi kunda xususiy telekanallarda boshlovchilar deyarli shevada koʻrsatuv olib bormoqda.Kinolarda ham shevada soʻzlashadi . Adabiy til meʼyorlariga amal qilinishini nazorat qilishingizni istardim”, - deb yozgan Oymomo Oymomo nikli foydalanuvchi.

Koʻpchillik ushbu fikrni qoʻllab quvvatlagan. Darhaqiqat, oldingi davrlarda telekanal efiridan faqat sof oʻzbek tilini eshitar edik, hozir boʻlsa koʻplab koʻrsatuvlar boshlovchilari adabiy tilni chetga surib qoʻyib Toshkent shevasida soʻz yuritmoqda.

“Agar TVdagi qimorvoz kanallarni ishlarini tartibga solinmasa, odamlar sifatsiz suv va boshka maxsulotlardan zaxarlanib xam moddiy xam manaviy zarar kurishi mumkin”, - deb yozadi Shuxrat Atamuxamedov. 

Haqiqatdan ham odamlar malibu yo spark berarkan deb gazli suvlarni hadeb ichib yotibdi. Albatta ularning tarkibidagi kimyoviy boʻyoqlar, shakar sogʻliqqa foyda keltirmaydi. Ushbu mahsulotlar sifatini biror kishi nazorat qilayotgani ham sezilmaydi.

Foydalanuvchilar, shuningdek, faqat turk seriallari emas balkim, boshqa davlatlar seriallarini ham namoyish qilish kerakligini, Oʻzbekistonda suratga olinayotgan seriallarning sifati va saviyasini oshirish kerakligini ham taʼkidlashmoqda.

Asosiy mavzular