08:29 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Madaniyat
Havola olish
154 0 0

Festivalda 80 dan ortiq davlatlar, 30 ta xorijiy OAV vakillari ishtiroki kutilmoqda. Registon maydoni atrofidagi gullar qayta ekilib, yoʻlaklar taʼmirlanishi rejalashtirilgan. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus yoʻlaklar tashkil etilgan.

TOSHKENT, 25 iyun - Sputnik. Samarqanddagi Registon maydonida 26-30 avgust kunlari oʻn ikkinchi bor "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali oʻtkaziladi, deb xabar berdi Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.

Qayd etilishicha, 2019 yil 25 aprelda Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida qabul qilingan nizomga koʻra, bu yil festivalni oʻtkazish boʻyicha bir qator yangiliklar qilingan.

Yaʼni bu yil tanlov ishtirokchilarining chiqishlari ikki yoʻnalish - anʼanaviy xalq musiqasi va qoʻshiq hamda zamonaviy kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqa va qoʻshiq yoʻnalishlarida baholanadi.

"Eng yosh ishtirokchi", "Muxlislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan eng yaxshi ishtirokchi", "Eng yaxshi cholgʻu musiqasi ijrochisi" kabi nominatsiyalarda ham ishtirokchilar maxsus diplom hamda 500 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

"Nafaqat Samarqand, balki Oʻzbekistonning gavhari boʻlgan Registonning badiiy koʻrinishi saqlangan holda, Sherdor va Ulugʻbek madrasalarining yonida yurtimizning 14 hududi uchun pavilonlar quriladi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, festivalda 80 dan ortiq davlatlar, 30 ta xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Festival doirasida oʻtkaziladigan "Sharq xalqlari anʼanaviy musiqa sanʼatini rivojlantirish istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada xorijlik va mahalliy taniqli musiqashunos olim va mutaxassislar hamda tadqiqotchilar oʻz maʼruzalari bilan qatnashadi.

Asosiy mavzular