11:55 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Madaniyat
Havola olish
333 0 0

Davlat rahbari Usmon Qurʼonini talabga mos harorat va yorugʻlik darajasini taʼminlagan holda saqlash, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston islom tsivilizatsiyasi markazi qurilishi jarayonini koʻzdan kechirib, Usmon Qurʼonini bezavol saqlash masalasiga alohida eʼtibor qaratdi.

“Prezidentimiz Usmon Qurʼonini bezavol saqlash masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. Uni talabga mos harorat va yorugʻlik darajasini taʼminlagan holda saqlash, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha davlatimiz rahbari koʻrsatmalar berdi”, - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Oʻtgan yili iyunda Oʻzbekiston islom tsivilizatsiyasi markazi qurilishiga ramziy tamal toshi qoʻyilgan edi.  Oʻtgan vaqt davomida bu yerda keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Inshoot yertoʻlasi va devorlari qurildi, ayni paytda tom qismi konstruktsiyalari montaj qilinmoqda.  

Davlat rahbari qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi, binoning ichki va tashqi koʻrinishi, gumbaz ranglari yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi.

- Bu markaz orqali ilm, maʼrifat, madaniyat rivojiga millatimiz qoʻshgan hissani muhrlab qoʻymoqchimiz, bu ulugʻ merosni xalqimizga, yoshlarimizga yetkazmoqchimiz. Islom tsivilizatsiyasi markazi shu yoʻnalishdagi ilmiy muassasalar uchun fundamental baza boʻlishi lozim. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasidagi oʻquv ishlari bu markaz bilan hamohang boʻlishi, talabalar yuqori kurslarni shu yerda oʻqib, oʻqituvchilar malaka oshirishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

  • Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelstva Tsentra islamskoy tsivilizatsii
    Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelstva Tsentra islamskoy tsivilizatsii
    Press-slujba prezidenta Uzbekistana

1 / 9

Qariyb 10 gektarni egallagan muassasa ilmiy-maʼrifiy markaz boʻladi. Bino yertoʻlasida muzey ombori, qadimiy qoʻlyozma va osori-atiqalarni restavratsiya qilish xonalari boʻladi. Birinchi qavatda kutubxona, anjumanlar zali, ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi va meʼmorlik anʼanalariga bagʻishlangan koʻrgazma zallari joylashadi. Markaziy foyega Usmon Qurʼoni qoʻyiladi. Ikkinchi qavatdan axborot-resurs markazi, ilmiy kafedralar va boshqa xonalar oʻrin oladi. 

Asosiy mavzular