Xorijiy davlatlarda Alisher Navoiy nomidagi madaniyat markazi tashkil etiladi

© Foto iz lichnogo arxiva Mayram KuzibayevoyKartina xudojnika Kuzibayeva "Alisher Navoi i sultan Xuseyn Baykaro"
Kartina xudojnika Kuzibayeva Alisher Navoi i sultan Xuseyn Baykaro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madaniyat, Tashqi ishlar, Adliya vazirliklari xorijiy davlatlarda O‘zbekiston Respublikasining “Alisher Navoiy nomidagi Madaniyat markazi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklif tayyorlandi.

TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. “Xorijda Alisher Navoiy nomidagi Madaniyat markazini tashkil etish to‘g‘risida”  prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Pamatnik Alisheru Navoi - Sputnik O‘zbekiston
Dushanbedagi istirohat bog‘iga Alisher Navoiy nomi beriladi

“Markaz faoliyatining asosiy vazifalari:

O‘zbekiston madaniyati va san’ati, an’analari hamda o‘zbek tili va adabiyoti hamda turizm salohiyatini o‘quv kurslari va to‘garaklar tashkil etish, konferensiya, seminar, festival va boshqa madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazish orqali xorijda keng targ‘ib etish;

do‘stona xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning fuqarolik hamjamiyatlari, shu jumladan chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan do‘stlikni mustahkamlash borasidagi ishlarni samarali muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlashga, sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirishga ko‘maklashish”, deyilgan hujjatda.

Qaror loyihasiga markazni tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilgan Konsepsiya ilova qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat markazi Madaniyat vazirligi huzurida tashkil etiladi, xorijiy davlatlar bilan kelishuvlarga ko‘ra uning xorijiy davlatlardagi sho‘’balari faoliyat olib boradi.

Kinoplenka - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Navoiy kinosaroyida retro filmlar namoyishi boshlanmoqda

Markazning xorijiy davlatlardagi sho‘’balari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida Bosh qarorgoh tashkil etiladi.

“Markazning Bosh qarorgohi va uning xorijiy davlatlardagi sho‘’balari shahar markazida joylashgan o‘z binolariga ega bo‘ladi. Mazkur binolarda 500 kishilik konsert zali, ko‘rgazma zali, 150 kishilik konferensiya zali, 80 kishilik kichik zal, xodimlar uchun 12 ta xona, zamonaviy kutubxona, muzey, 40 kishilik oshxona, ashyolarni saqlash uchun omborxona joylashadi.

Shuningdek, Markaz o‘z faoliyatini olib borish uchun Bosh qarorgohi va uning xorijiy davlatlardagi sho‘’balarining har biri 3 ta yengil va 1 ta mikroavtobusga ega bo‘ladi”, - deyilgan konsepsiyada.

Yangiliklar lentasi
0