Toshkentda topilgan xazinani jadidlar yashirgani ma’lum bo‘ldi

© UzAMolodoy ucheniy Muxammadbobur Yusupov (sprava)
Molodoy ucheniy Muxammadbobur Yusupov (sprava) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda topilgan xazinani aslida kim yashirgan, uni kim va qanday topgani va xazina tarkibida nimalar borligi haqida batafsil ma’lumot.

TOShKENT, 4-iyul - Sputnik. Toshkent markazidagi sobiq Rossiya imperator oilasi vakiliga tegishli bo‘lgan binoning yerto‘lasida ulkan xazina topilgani haqida ilk xabarlar o‘tgan yili paydo bo‘lgan edi. Shundan so‘ng ushbu xabarlar goh inkor etildi, goh keyinroq e’lon qilamiz deyildi. Shu vaqtga qadar to‘liq va batafsil ma’lumot e’lon qilinmay kelayotgan edi.   

Quyida e’tiboringizga ushbu xazina kim tomonidan va qanday topilgani, xazina ichida nimalar borligi va uning kelajakdagi taqdiri haqida ma’lum qilamiz. O‘zA xabariga asosan. 

Xazinani kim va qanday topdi

Ushbu noyob xazinani O‘zbekiston Milliy universiteti bitiruvchisi, mustaqil izlanuvchi, ilmiy xodim 23 yoshli Muhammadbobur Yusupov 3-yillik izlanishlari, qidiruvlari natijasida poytaxt markazidagi eski binolarning biridan topishga muvaffaq bo‘ldi.

Sokrovisha v kuvshine: na meste dorogi k Kerchenskomu mostu nashli klad  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda xazina topildi

Ikkinchi kurs talabaligim davrida Toshkentning 19-asr oxiri 20-asr boshlariga oid tarixini o‘rgana boshlaganman. Turkistonda tashkil qilingan birinchi milliy universitet, jadidlar, Toshkentda yashagan dvoranlar tarixini o‘rganganman.

Mana shu vaqtda universitetda ishlagan yoshi katta ustozlarim nohaq qamalib ketgan o‘zbek jadidlari va ushbu xazina haqida aytib berishgan, lekin uning qayerdaligini hech kim bilmagan. Shundan so‘ng o‘sha ustozlar yordamida jadidlar farzandlari va shogirdlarini izlab topib ulardan ma’lumot oldim.

Men uchun eng katta ma’lumot o‘sha vaqtlarda Turkistonga jadidlar tomonidan olib kelingan kitoblar, qo‘lozma asarlar va hujjatlar haqida ma’lumot oldim. Undan tashqari Toshkentda yashagan knyaz Nikolay Romanov xazinalarining barchasi hali topilmagan va e’lon qilinmagan ekan.

Klad zolotix monet - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Toshkentda topilgan xazina bo‘yicha ma’lumot berdi

Ushbu buyumlarni so‘nggi marotaba 30-yillarda qatag‘on arafasida Toshkent shahri markazidagi binolardan birida ko‘rishgan. Ushbu bino ostida yashirin yerto‘la borligini aytgan edi bir o‘qituvchim. U kishi bu haqida o‘z otasidan eshitgan ekan. U kishining otalari 37-38 yilllarda barcha jadidlar va Abdulla Qodiriy kabi Sibirga surgun qilingan va keyinchalik o‘limga hukm qilingan. Jadidlar hibsga olinishdan oldin ushbu boyliklarni yerto‘laga yashirib kirish joyini devor bilan berkitib qo‘yishgan. Xazina sirini biladigan odamlar qurbon bo‘lganidan keyin undan hech kim xabar topmagan.

Ushbu ma’lumotlar qo‘limga tushganidan so‘ng men Toshkent shahri markazida qadimiy binolarda joylashgan bir necha tashkilotlarga murojaat qildim, lekin mening tashabbusim natija berishiga ko‘pchillik ishonmadi. Shundan so‘ng 2018-yilda Toshkent shahri markazida rus muhandislari tomonidan qurilgan binolarning birining yerto‘lasida ushbu xazinani topishga muvaffaq bo‘ldim.

Xazina ichida nimalar bor

Men topgan xazina taxminan 100-yil saqlangan. Eng omadli tomoni shundaki – xazinaning 80 % juda yaxshi holatda saqlanib qolgan. Xazina tarkibida Rossiya davlatining oxirgi 300-yillik davridagi, Yevropa davlatlarining oxirgi 200-yillik davridagi, Turkiston zaminining 16-asrdan 19-asrgacha bo‘lgan davrga oid oltin kumush va mis tangalari, Rossiya buyuk knyazi Nikolay Konstatinovich Romanovning shaxsiy kolleksiyasiga tegishli bo‘lgan turli buyumlar, ikonalar topildi.

Tigran Mkrtichev - Sputnik O‘zbekiston
Mkrtichev Toshkentda topilgan xazina haqida: bunday topilmalar hamisha sensatsiya bo‘ladi

Kolleksiya tarkibidagi san’at asarlari, ilmiy nashrlar, tarixiy hujjatlar juda katta ahamiyatga ega. Masalan ilk o‘rta asrlarga tegishli bo‘lgan Qur’on kitobi, Imom al-Buxoriy hadislari, Muhammad s.a.v.ning hayotga taaluqli bo‘lgan qadimiy turk tilida yozilgan juda noyob qo‘lozmalar topildi. Undan tashqari Alisher Navoiy va Al-Farobiy nomi bilan bog‘liq asarlarning topilishi juda katta yutuq bo‘ldi.

Kolleksiya tarkibidan birinchi o‘zbek generali – General Jo‘rabek va uning yordamchisi Bobobekka taaluqli bo‘lgan hujjatlar va xaritalar ham topildi. Ushbu hujjatlar bizga Turkiston zamining oxirgi 500-yillik tarixi haqida so‘zlab beradi.

Xazinada, shuningdek, Turkiston xalq universiteti jadidlariga tegishli bo‘lgan 30 dan ortiq maqolalar, hujjatlar va fotosuratlar topilgan.

Xazina kim tomonidan yashirilgan

Xazinani yashirganlar asosan biinchi Turkiston xalq universiteti ziyolilari – jadidlar bo‘lgan Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, shuningdek, o‘sha davrlarda Markaziy Osiyoda yashagan rus, nemis sharqshunos olimlarining hissasi juda katta bo‘lgan.

Xazinaning kelajak taqdiri qanday bo‘ladi

Zdanie Natsionalnogo universiteta Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston
Maxfiy xazina: qachon Toshkentda topilgan boyliklar haqida batafsil ma’lumot beriladi

Ayni damda, birinchi navbatda, xazinaning xavfsiz saqlab qolish, O‘zbekistondan olib chiqilishiga yo‘l qo‘ymaslik masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Xazina topilganidan so‘ng uni mo‘may naqd pulga sotib olishga va xorijga olib chiqib ketishga bir necha urinishlar bo‘ldi.

Xazina olimlar tomonidan o‘rganib chiqilganidan so‘ng u tarix, san’at  va boshqa muzeylarga taqsimlanadi va keng ommaga namoyish etiladi.

Shuningdek, 2021-yilda Londonda bo‘lib o‘tadigan xalqaro anjumanda xazinada topilgan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston sharqshunos olimlari tomonida ma’lumot beriladi. O‘zbekistonda undan oldinroq e’lon qilinsa kerak, deydi Muhammadbobur. 

Yangiliklar lentasi
0