03:13 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Pavilon №66 Kultura (Uzbekskaya SSR), postroyennыy v 1954 godu, na territorii VDNX

Abdulla Aripov VDNXdagi “Oʻzbekiston” paviloniga tashrif buyurdi

© Sputnik / Artem Jitenev
Madaniyat
Havola olish
192 0 0

Ushbu pavilon Sovet davrida VDNXning eng chiroyli binolaridan biri boʻlgan va sanʼat asari hisoblangan.

TOSHKENT, 11 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov  va Rossiya hukumati raisining oʻrinbosari Olga Golodets Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi hududidagi (VDNX) “Oʻzbekiston” paviloniga tashrif buyurdi. Hozirda bu yerda restavratsiya ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Rossiya Hukumati matbuot xizmati xabar qildi.

2019 yilning 30 may kuni Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari tomonidan Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi hududidagi №66 pavilonda “Oʻzbekiston koʻrgazma-madaniy markazi”ni yaratish toʻgʻrisidagi kelishuv imzolagan edi.Unga koʻra pavilon va unga tegishli yer uchastkasi Oʻzbekiston tomoniga 49 yilga ijaraga berilgan.

“Oʻzbekiston ushbu pavilonning ochilishiga alohida eʼtibor qaratmoqda. Bu juda ajoyib pavilon. U Oʻzbekistonning ruhi va muhitini ifodalaydi”, — deydi Olga Golodets.

Pavilon Oʻzbekistonga joriy yilning oktyabrida topshirilishi rejalashtirilgan.

Abdulla Aripovga Moskva viloyatini boshqarish tizimi namoyish etildi

Pavilon binosi 1950 yillarda Moskvada keng tarqalgan “Stalin ampiri” hamda oʻzbek milliy meʼmorchiligi aralashmasi uslubida qurilgan. Ushbu pavilon oʻsha vaqtlarda VDNXning eng chiroyli binolaridan biri boʻlgan va sanʼat asari hisoblangan.

Pavilondagi taʼmirlash-tiklash ishlari 2017 yil oxirida boshlangan. Moliyalashtirishni Rossiya Madaniyat vazirligi oʻz zimmasiga olgan, obʼyekt yaqin vaqtlarga qadar uning zimmasida boʻlgan. Hozirda tarixiy binoda murakkab restavratsiya ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular