14:41 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Pamyatnik Alisheru Navai v Tashkente

Belarusda Alisher Navoiy byusti ochiladi

© Flickr/ Michael Wifall
Madaniyat
Havola olish
125 0 0

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik qizgʻin kechmoqda

TOSHKENT, 18 iyul - Sputnik. Iyul oyi oxirida Belarus Respublikasida buyuk mutafakkir, shoir Alisher Navoiy byusti ochilish marosimi boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev bugun OAV vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda maʼlum qildi.

"Iyul oyi oxirlarida Belarusda Oʻzbekiston madaniyati kunlari boʻlib oʻtadi, biz katta kontsert dasturini tayyorlayapmiz. Dasturda Mustaqillik yillaridagi Oʻzbekiston namoyish etiladi. Ellikdan ziyod kishi jalb qilingan", - dedi Sayfullayev.

Madaniyat vaziri shuningdek, Oʻzbekiston prezidentining rasmiy tashrifi arafasida Belarusda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy byusti ochilish marosimi boʻlib oʻtishini eʼlon qildi.

Eslatib oʻtamiz, Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko 2018 yilning 12-14 sentyabr kunlari Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Oʻzbekiston yetakchisi bilan uchrashgan. Ushbu tashrif oldidan Oʻzbekiston poytaxtida belaruslik yozuvchi Yakub Kolas byustining ochilish marosimi oʻtkazilgan.

Asosiy mavzular