14:38 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Kamola Akilova,  zamestitel ministra kulturы Uzbekistana

Oʻzbekiston shaharlarida Xitoy lash-lushlari koʻpayib ketdi – Madaniyat vaziri oʻrinbosari

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Madaniyat
Havola olish
393 0 0

Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosari Kamola Akilova Oʻzbekistonning qadimiy shaharlarida va umuman respublikada Xitoydan keltirilgan suvenirlar shaharlarni bezatishda ishlatilayotganiga doir fikr bildirdi.

TOSHKENT, 18 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston shaharlari tashqi bezagida Xitoydan keltirilayotgan mollarni ishlatish - bu madaniy saviya yetarli emasligidan dalolat beradi, deya fikr bildirmoqda Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosari Kamola Akilova.

"Biz shaharlarimizning oʻziga xos xususiyatlarini bilishimiz lozim. Nima sababdan Samarqanddagi xiyobonni oʻzgartirishga urinishmoqda. Oʻzgartirish kerak emas. Samarqandni Samarqand, Buxoroni Buxoro qiluvchi narsalarni asrab qolishimiz kerak. Har bir zamonaviy oʻzgarish esa milliy anʼanalarimiz asosida amalga oshirilishi kerak”, - deya hisoblaydi Akilova.

Erkin Turdimov: "Universitet bulvari" bizning yuzimiz, lekin odamlar u yerga bormay qoʻygan

Ayol taʼkidiga koʻra, har bir shaharning bosh rejasi boʻlishi kerak. Rejada shaharning tarixiy qismi va yangi binolar qurilishi mumkin boʻlgan qismlari aniq koʻrsatilgan boʻlishi shart va zarur.

Vazir oʻrinbosari Oʻzbekistonning qadimiy shaharlarida va umuman respublikada Xitoydan keltirilgan esdalik sovgʻalar sotilishiga doir ham oʻz fikrlarini bildirdi.

"Hattoki Venetsiyada Xitoy tovarlari muayyan masofagacha yaqinlashtirilmaydi. Oʻylashimcha, biz, albatta, tartib oʻrnatishimiz darkor. Hind sharflari, Xitoy lash-lushlari juda koʻpayib ketdi. Oʻzimizning hunarmandlarimizning tovarlari boʻlsa – marhamat”, - dedi Akilova.

Asosiy mavzular