14:24 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Dollarы SSHA

Madaniyat vazirligi YUNESKO tomonidan ajratilgan grantlar oʻgʻirlanganini gumon qilmoqda

© Flickr/ nick farnhill
Madaniyat
Havola olish
430 0 0

Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosari Kamola Akilovaning soʻzlariga koʻra, YUNESKO tomonidan moddiy merosni asrab-avaylash uchun 1995 yildan mablagʻlar ajratib kelingan, ammo ular har safar qayoqqadir gʻoyib boʻlgan

TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. YUNESKO tomonidan qadimiy shaharlarni saqlash va rekonstruktsiya qilish uchun 1995 yildan buyon ajratib kelingan mablagʻlar oʻgʻirlangan boʻlishi mumkin, dedi bugun jurnalistlar bilan uchrashuvda Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosari Kamola Akilova. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabari asosida.

"Biz qiziq bir hujjatni aniqladik. 1995 yildan boshlab bizning shaharlarimiz uchun YUNESKO tomonidan koʻplab marotaba grantlar ajratib kelingan", - dedi Akilova.

Pul mablagʻlari Samarqand va Buxoro shaharlarining menejment-rejasi va hatto ayrim muayyan tarixiy obʼyektlarning restavratsiyasi uchun ajratilgan boʻlgan.

"Bu pullar qaysi maqsadlar uchun sarflab yuborilganini aniqlashtirish uchun maxsus komissiyani tashkil etish vaqti keldi. Biz nega hozir hammasini "nol"dan boshlayapmiz", - dedi vazir oʻrinbosari.

Xabar qilinishicha, gap aniq kishilar haqida bormoqda, batafsil maʼlumot keyinroq beriladi.

Oʻz navbatida, Oʻzbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Samarqand va Buxoro shaharlari bilan oʻnlab yillar davomida hech kim shugʻullanmaganini, hokimlar esa oʻzboshimchalik bilan yerlarni sotish, noqonuniy qurilish va uylarni buzish ishlari bilan shugʻullanganliklarini qoʻshimcha qildi.

Sayfullayevning soʻzlariga koʻra, faqat 2018 yildagina Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan boʻlib, hujjatda YUNESKO ruxsatisiz hech kim uy qurish yoki buzish ishlarini amalga oshirish huquqiga ega emasligi belgilangan boʻlgan.

Asosiy mavzular