Avgust oyi oxirida 50dan ortiq davlatlar madaniyat vazirlari Samarqandda to‘planadi

© Gosudarstvenniy komitet Uzbekistana po turizmuNad Samarkandom podnyati vozdushnie shari. Initsiativa osushestvlena Gosudarstvennim komitetom Respubliki Uzbekistan po razvitiyu turizma sovmestno s Federatsiyey Aeronavtiki Respubliki Uzbekistan.
Nad Samarkandom podnyati vozdushnie shari. Initsiativa osushestvlena Gosudarstvennim komitetom Respubliki Uzbekistan po razvitiyu turizma sovmestno s Federatsiyey Aeronavtiki Respubliki Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan ushbu xalqaro konferensiya natijalari nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki Osiyo-Tinch okeani mintaqasi hamda dunyoning boshqa davlatlari uchun ham birdek katta ahamiyat kasb etadi

TOShKENT, 19-iyul - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Joriy yil 26-avgust kuni ko‘xna Samarqand shahrida "Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolar va ularni hal qilish strategiyasi" xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev.

Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Madaniyat vazirligi YuNESKO tomonidan ajratilgan grantlar o‘g‘irlanganini gumon qilmoqda

"Shu bilan bir qatorda 22-27 avgust kunlari Toshkent, Termiz va Samarqand shaharlarida "O‘zbekiston - buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat" meros haftaligini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Ushbu haftalik doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha butunjahon jamiyatining uchinchi xalqaro kongressi, Sharqshunoslik institutida O‘zbekistonning yozma merosi durdonalari ko‘rgazmasi, Samarqand shahrida dunyo xalqlari liboslarini taqdim etuvchi "Eng yaxshi milliy liboslar" tanlovini o‘tkazish va Termiz shahrida "O‘zbekiston - sivilizatsiyalar chorrahasi nomli xalqaro arxeologiya forumini o‘tkazish rejalashtirilgan", - dedi Madaniyat vaziri.

Sayfullayevning aytishicha, bu tadbirlarga Madaniyat vazirligi tomonidan 54dan ortiq mamlakat madaniyat vazirlariga taklifnomalar yuborilgan. Tadbirda YuNESKO Bosh direktori Odri Azulay ushbu tadbirda ishtirok etadi.

Tadbir doirasida an’anaga ko‘ra, "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali ham bo‘lib o‘tadi.

Shaxrisabz - Sputnik O‘zbekiston
YuNESKO Shahrisabz bo‘yicha qaror qabul qildi

"Biz 700-800ga yaqin mehmonlar kelishini kutapmiz. Biz ularni Toshkent shahrida kutib olib, Samarqandga, so‘ngra Termezga va yana Samarqand-Toshkent marshruti bo‘ylab aylantiramiz. Bu tadbir respublikaning eng katta to‘ylaridan biri. Yaqin orada bu kabi katta konferensiya O‘zbekistonda o‘tkazilmagan", - deb ta’kidladi Sayfullayev.

Madaniyat vaziri so‘zlariga ko‘ra, ushbu konferensiya davomida madaniy merosni asrash sohasidagi dolzarb muammolarni muhokama qilish, xalqaro tajribani o‘rganish, tarixiy-madaniy meros muhofazasini ta’minlash bo‘yicha milliy tizimni takomillashtirish, ushbu yo‘nalishda davlat va jamoatchilik tashkilotlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Xalqaro konferensiya yakuni bo‘yicha Deklaratsiya qabul qilinadi.

Anjuman doirasida O‘zbekistonda birinchi marotaba katta ko‘lamli aksiya - Meros haftaligi o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda o‘tkaziladigan ushbu xalqaro konferensiya natijalari nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki Osiyo-Tinch okeani mintaqasi hamda dunyoning boshqa davlatlari uchun ham birdek katta ahamiyat kasb etadi.

Yangiliklar lentasi
0