21:16 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Odildjon Abdukaxxarov - predsedatel Uzbekkontserta

"Oʻzbekkontsert" rahbarining "rep nazorat"da degan gapi internetda kulgiga olinmoqda

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Madaniyat
Havola olish
62701

Ayni vaqtda "Oʻzbekkontsert" rahbarining rep nazoratga olingani haqidagi gaplari internet foydalanuvchilari eʼtiboriga tushib, qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlmoqda

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. "Oʻzbekkontsert" rahbari Odil Abduqahhorov qoʻshiqlardagi nojoʻya soʻzlar (soʻkishlar)ga urush eʼlon qilgani va "repni nazoratga olgani" haqida bergan intervyusi internet foydalanuvchilari orasida qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Xususan, "Abduqaxxorov qoʻshiq matnida nojoʻya soʻzlarni ishlatishni bas qilishlari uchun reperlar ustidan nazorat oʻrnatishga muvaffaq boʻlingani haqida gapirdi", - deb yozadi "Birja" nashri.

"Oʻzbekkontsert" rahbarining soʻzlariga koʻra, oʻz vaqtida koʻrsatilmagan eʼtibor tufayli reperlar rep matnida soʻkishlarni ishlata boshlashgan va ularning hatti-harakati ham nojoʻyalashib ketgan. Endilikda muassasa xodimlari oʻz oldilariga reperlarga milliy anʼana va milliy madaniyat haqida kuylash lozimligini yetkazishni maqsad qilib olganlar.

Ayni vaqtda "Oʻzbekkontsert" rahbarining rep nazoratga olingani haqidagi gaplari internet foydalanuvchilari eʼtiboriga tushib, qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Xususan, Sayyora Xodjayeva, "O, Xudo, yaqinda butun dunyo ustimizdan kulishni boshlaydi", - deya hissiyotli post qoldirgan.

Nikita Makarenko esa: "Xudoga shukr. Mamlakatimizda hech boʻlmasa nimadir nazorat ostida. Tupak, tinch orom ol. Rep ishonchli qoʻllarda", - deya sarkazm qilgan.

Nigora Muxamedova nikli yana bir internet foydalanuvchisi esa endilikda mahallalarda radiouzellarda Zulfiya sheʼrlari bilan birgalikda nazorat ostida boʻlgan replar oʻqib eshittirilishini aytgan va "Ey xokim posmotri na menya))) Delay kak ya, delay kak ya))))", - deya goʻyoki kelajakda oʻqiladigan repdan bir parcha keltirgan.

Ilgariroq "Oʻzbekkontsert" birlashmasi rep yoʻnalishida ijod qiluvchilar bilan yigʻilish oʻtkazgani va 16-18 avgust kunlari Toshkent shahrida Rep va Didjeylarning Xalqaro festivalini oʻtkazish belgilab olingani haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular