07:57 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Kontsert pevitsы  Nargiz v Yerevane

"90-yillar hidi kelmoqda": Nargiz Maksim Fadeyev uni taʼqib qilayotgani haqida gapirdi

Sputnik/ Asatur Yesayants
Madaniyat
Havola olish
924 0 0

Maksim Fadeyev va uning prodyuserlik markazi Nargizning oʻzi aloqaga chiqmayotgani haqidagi bayonotlariga qaramay, xonanda uni 90-yillar usullari bilan taʼqib qilishayotgani haqida bong urmoqda

TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. Xonanda Nargiz Zokirova Instagram sahifasida oʻz ijodini kuzatib borayotganlarga murojaat qilib, Maksim Fadeyev va uning MALFA prodyuserlik markazi uni 90-yillardagi usullar bilan taʼqib qilayotganini maʼlum qildi.

"Shundoq koʻrinib turgan ablahlik va orsizlik oldida men bir narsa deyishga ojizman. Bir narsani aytishim mumkin, meni hamma bir xil ogohlantirgan, yillar davomida ... Malfa va uning rahbariyati tomonidan, bilishimcha, menga "kislorodni boʻgʻib qoʻyish uchun" oddiy taʼqib boshlangan va bunda ular barcha qoʻl kelgan usullardan foydalanishmoqda", - deb yozadi Nargiz.

Xonandaning aytishicha, avgust oyiga rejalashtirilgan barcha kontsertlar prodyuserlik markazi va uning rahbariyati tomonidan bekor qilingan. Voronejdagi kontsert tashkilotchisi soʻzlariga koʻra esa, "Malfa" markazi ularni Nargiz chiqishi kerak boʻlgan, ammo chiqmagan poyezd perroni aks etgan videoni olib tashlashga majbur etgan.

"90-yillar hidi kelmoqda, shundaymi?", - qoʻshimcha qilgan sanʼatkor.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval xonanda Instagramdagi sahifasida Maksim Fadeyevga qarashli prodyuserlik markazi unga leybl bilan hamkorlik bekor qilingani haqida rasmiy hujjat yuborganini maʼlum qilgan edi.

Endi sanʼatkorga prodyuserga tegishli musiqiy asarlarni ijro etish taʼqiqlangan, MALFA prodyuserlik markazi esa avgust oyiga rejalashtirilgan tur boʻyicha majburiyatlaridan voz kechmoqda.

Xonandaning soʻzlariga koʻra, gastrol safariga chiqishga tayyor turgan musiqiy jamoa uchun bu kutilmagan yangilik boʻlgan.

Maksim Fadeyevga qarashli prodyuserlik markazi oʻzining Instagramdagi sahifasida Nargiz tomonidan shartnoma bekor qilinishi boʻyicha bildirilgan eʼtirozlarga javob qaytardi.

MALFA kontsert haqiqatan bekor qilinganini tasdiqlagan, faqat bunga xonanda Nargizning gʻoyib boʻlganini sabab qilib koʻrsatgan.

Asosiy mavzular