03:18 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Festival Shark Taronalari v Samarkande

"Sharq taronalari": festival mehmonlari qanday kutib olinadi

© sharqtaronalari.uz
Madaniyat
Havola olish
200 0 0

"Sharq taronalari" XII xalqaro musiqiy festivaliga 78 davlatdan 315 nafar xorijiy mehmonlar, dipkorpus vakillari va ularga hamrohlik qiluvchi vazirlik idoralari vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 14 avg - Sputnik. Sharq taronalari XII xalqaro musiqiy festivaliga tayyorgarlik ishlari qizgʻin kechmoqda. Xususan, Samarqand davlat chet tillar institutida Shtab tashkil qilinib, viloyat hokimligi, iqtisodiyot, turizm va kommunal sohalari vakillaridan iborat ishchi guruhi faoliyat koʻrsatmoqda, deb xabar qildi Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Tadbirni yuqori saviyada tashkil qilish maqsadida 18 ta asosiy yoʻnalish va vazifalar boʻyicha kichik ishchi guruhlari tarkibi shakllantirilgan.

Madaniyat vazirligidan olingan maʼlumotlarga koʻra "Sharq taronalari" XII xalqaro musiqiy festivaliga ishtirok etish uchun 78 davlatdan 315 nafar xorijiy mehmonlar, dipkorpus vakillari va ularga hamrohlik qiluvchi vazirlik idoralari vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, 2019 yilning 25-26 avgust kunlari Samarqand shahrida oʻtkaziladigan "Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qiilish strategiyasi” mavzusida xalqaro anjumanga hamda "Oʻzbekiston-buyuk yoʻllar va tsivizizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat" meros haftaligiga ishtirok etish uchun 250 nafar mehmonlar va 50 nafar OAV vakillari kutilmoqda.

Jami mehmonlar soni taxminan 650 nafarni tashkil qiladi.

Tadbir doirasida ular uchun 22 ta mehmonxona (558 ta xona, 978 ta oʻrin) tashkil qilinib, joylar bron qilingan.

Shu bilan birga, festvial ishtirokchilari uchun 10 dan ortiq restoran va taomxonalar, 4 ta marshrut asosida olib boriladigan
14 ta tarixiy obida va ziyoratgohlar, Samarqand shahrida 5 ta, Oqdaryo (1 ta), Samarqand (1 ta), Pastdargʻom (1 ta), Tayloq (1 ta), Urgut (1 ta) va Jomboy (1 ta) tumanlarida madaniyat muassasalari belgilangan.

Tadbir davomida mehmonlar va ularga hamrohlik qiluvchi vakillar uchun jami 54 ta obʼyekt belgilanib, hokimlik, kommunal soha, tibbiyot, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar, turizm, madaniyat va DSENM xodimlaridan jami 432 nafar masʼullar taqsimoti ishlab chiqilgan.

Shu bilan birgalikda mehmonlarga "Ipak yoʻli" xalqaro turizm universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan
104 nafar malakali gid-tarjimonlar, shuningdek tarixiy obidalarda 80 dan ortik ekskursovod va madaniyat xodimlari zaxirasi yaratilgan.    

Rasmiy mehmonlar va ularga hamroxlik qiluvchilar uchun 40 ta "MALIBU" va 30 ta "Captiva" rusumli, 20 ta mikroavtobuslar, 15 ta yangi zamonaviy yumshoq 50 oʻrindiqli va 40 ta yangi ISUZU avtobuslari zaxirasi yaratilmoqda.

Mazukur transport vositalarini boshqarish uchun 164 nafar malakali haydovchilarni jalb qilish koʻzda tutilgan.

"Yunesko" xalqaro tashkiloti shafeligidagi tadbir doirasida Rasmiy mehmonlar uyi, Imom al Buxoriy majmuasi hamda
"Bogʻishamol garden" maskanini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular