“Bahor” raqs ansambli faoliyati qayta tiklanadi

© Anvar Ilyasov / IA "Jaxon"Prazdnovanie Navruza v Uzbekistane
Prazdnovanie Navruza v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madaniyat sohasida tijoratlashuv kuchayib borayotgani oqibatida “Bahor” ansamblining ijodiy faoliyati to‘xtab qoldi – deyilgan hujjatda.

TOShKENT, 14 avg – Sputnik. “O‘zbek milliy raqs san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Uchastnikov marafona chestvoval voyenniy orkestr. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli artistlari maoshi oshadi

“Ta’kidlash joizki, nafaqat mamlakatimizda, balki dunyoda mashhur bo‘lgan Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” ansamblining raqslaridagi harakatlar bir-biriga mosligi, uyg‘unligi va betakrorligi bilan inson ruhiyatiga ma’naviy mazmun baxsh etib, o‘zbek milliy raqs san’ati rivojlanish tarixida yangi sahifani ochib bergan edi. Biroq so‘nggi yillarda adabiy-badiiy jarayonlarda salbiy tendensiyalarning paydo bo‘lgani, xususan, madaniyat sohasida tijoratlashuv kuchayib borayotgani oqibatida “Bahor” ansamblining ijodiy faoliyati to‘xtab qoldi”, - deyilgan hujjatda.

Loyihada Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining davlat muassasasi shaklida Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli faoliyatini tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullash taklif etilgan.

Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli faoliyatini tashkil etishga doir “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi, “yo‘l xaritasi” va “Bahor” davlat raqs ansamblining  tarkibiy tuzilmasi hujjatga ilova qilingan.

Qaror loyihasida davlat raqs ansambli 2025-yilgacha barcha soliq to‘lovlaridan ozod etish, ansamblga 4 ta yengil avtomobil, 2 ta katta sig‘imli avtobus va 1 ta yuk avtomashinasini xarid qilish uchun mablag‘lar ajratish vazifalari bayon etilgan.

Yangiliklar lentasi
0