13:19 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
V Samarkande proxodit mejdunarodnaya konferentsiya «Soxraneniye materialnogo i nematerialnogo kulturnogo naslediya: aktualnыe problemы i strategii ix resheniya».

Bosh vazir konferentsiya qatnashchilariga Shavkat Mirziyoyevning tabrigini oʻqib eshittirdi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Madaniyat
Havola olish
101 0 0

Samarqandda boʻlib oʻtayotgan konferentsiyada YUNESKO bosh direktori Odri Azule xonim ham shaxsan ishtirok etmoqda.

TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. Samarqand shahrida “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusida xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov konferentsiya qatnashchilariga prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigini oʻqib eshittirdi.

“130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv yashab kelayotgan mamlakatimizda milliy madaniyatlar va anʼanalarning xilma-xilligi, zamonaviy Oʻzbekistonning noyob madaniyatini hosil qildi. Mamlakatda, ayniqsa,  keyingi yillarda xalqimizning moddiy va nomoddiy merosini saqlab boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarning ijobiy natijalarini Samarqand misolida oʻzingiz koʻrishingiz mumkin”, - deyiladi prezident tabrigida.

Tabrikda prezident, shuningdek, ushbu konferentsiyani oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlagani va shaxsan ishtiroki uchun BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) bosh direktori Odri Azule xonimga katta minnatdorchilik bildirgan.

Samarqandda oʻtkazilayotgan xalqaro konferentsiya hamda “Sharq taronalari” musiqa festivali YUNESKO shafeligida tashkil etilmoqda.

Asosiy mavzular