Sharq taronalarida "Gran pri"ga sazovor bo‘lgan musiqa

Obuna bo‘lish
Sharq taronalarida bosh sovrin va 10 ming dollar mukofotga sazovor bo‘lgan musiqani tinglab tomosha qiling.

TOShKENT, 1 sen - Sputnik. Samarqandda yaqinda nihoyasiga yetgan "Sharq taronalari" festivalida bosh sovringa O‘zbekiston Davlat konvervatoriyasining talabasi dutorchi qiz Mehrinigor Abdurashidova sazovor bo‘lgani haqida habar bergan edik.

Quyida "O‘zbekiston 24" telekanali tomonidan suratga olingan, butun dunyodan kelgan hay’at a’zolarini lol qoldirgan, o‘sha musiqani yana bir bor e’tiboringizga havola etamiz. 

- Bunaka festivalda birinchi marotaba qatnashishim. Bu yerda chet eldan kelgan san’atkorlar juda ko‘p ekan. Ular bilan birga chalib ham ko‘rdik, bellashib ham ko‘rdik. Ularning san’atlari juda yuqori darajada ekan.

Pobedtel Shark taronalari -  Mexrinigor Abdurashidova - Sputnik O‘zbekiston
“Sharq taronalari” g‘olibi aniqlandi, bosh sovrin – O‘zbekistonda! 

Lekin asosiysi mana shu Registon maydonining o‘rtasida O‘zbekistonning nomidan chiqishimizning o‘zi - katta sharaf. Yoshlarga mana shunday e’tibor berilayotgani, imkoniyatlar yaratayotgani uchun prezidentimizga katta rahmat aytamiz, deydi Zarnigor. 

"Sharq taronalari"ning hay’at a’zolaridan biri, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, bastakor, Oydin Abdullayeva O‘zAga festival ishtirokchilari qanday baholangani haqida aytib berdi

– Ishtirokchilarning chiqishlarini baholash jarayonida qo‘shiqlar milliyligi, she’rlarning ohang bilan mutanosibligi va mazmundorligi, qatnashchilar ijro mahorati, libos tanlash va sahna harakatlariga e’tibor qaratildi. Tanlov ishtirokchilarining chiqishlari ikki yo‘nalishda: professional darajadagi xalq musiqa va qo‘shiqlari hamda zamonaviy kompozitorlar tomonidan bastalangan musiqa va qo‘shiqlar ijro yo‘nalishida baholandi. 

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi Sharq Taronalari festivaliga 75 mamlakatdan 340dan ziyod musiqachilar ishtirok etishdi. Festival doirasida ochiq konsertlar, ijodiy uchrashuvlar, ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari va master-klasslar bo‘lib o‘tdi.

 

Yangiliklar lentasi
0