13:50 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Arxivnoye foto uzbekskogo rejissera Zulfikara Musakova

Zulfiqor Musoqov Rossiyada bosh sovrin olgan oʻzbek kinochilarini tabrikladi

© Foto : Iz lichnogo arxiva Zulfikara Musakova
Madaniyat
Havola olish
140 0 0

Taniqli oʻzbek rejisseri Zulfiqor Musoqov “Kinoshok”da bosh sovrin olgan Umid Hamdamov va aktrisa Feruza Saidovalarni tabrikladi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Oʻzbekistonning eng atoqli rejisserlaridan biri Zulfiqor Musoqov, Rossiyaning Anapa shahrida boʻlib oʻtgan kinofestivalda bosh sovrinni qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik kinochilarni tabrikladi.

“Yosh hamkasabam Umid Hamdamovni bosh sovrin bilan va aktrisamiz Feruza Saidovani – “Issiq non” filmida ijro etilgan eng yaxshi ayol aktrisa sovrini bilan chin yurakdan tabriklayman. Oʻzimizning “Oʻzbekfilm” studiyasi bilan magʻrurlanaman, Uraa!!!  Ular haqiqiy, taʼmagir emas! Yangi ishlaringizda omad tilayman!”, - deb yozgan rejisser.

Eslatib oʻtamiz, 1-8 sentyabr kunlari Anapada boʻlib oʻtgan “Kinoshok” festivalida oʻzbekistonlik rejisser Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi bosh sovringa sazovor boʻlgan edi. Undan tashqari film kompozitori Toir Qoʻziyev eng yaxshi film kompozitori sovriniga ham ega boʻlgan edi.

Asosiy mavzular