16:26 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Leonid Yakubovich pobыval v Buxare

"Pole chudes" boshlovchisi taʼtildan nogironlar aravachasida qaytdi

© Foto: Goskomturizma
Madaniyat
Havola olish
101710

Taniqli teleboshlovchi dam olish vaqtidan olgan jarohatdan soʻng shifokorlar koʻrigidan oʻtib turishga majbur, shu bilan birga "Pole chudes" koʻrsatuvining yangi mavsumiga tayyorgarlikni tashlab qoʻygani yoʻq.

TOSHKENT, 11 sen — Sputnik. "Pole chudes" dasturi boshlovchisi Leonid Yakubovich Chernogoriyadagi taʼtildan nogironlar aravachasida qaytdi. Bu haqda Super internet-portali xabar bermoqda.

Hozirda 74 yoshda boʻlgan teleboshlovchi, rafiqasi bilan Tivat shahrida video suratga olgan. Unda Yakubovich Moskvaga uyiga nogironlar aravachasida qaytayotgani aks etgan.

Teleyulduz yordamchisi soʻzlariga koʻra, Yakubovich Chernogoriyada dam olgan va u yerda basseynda choʻmilib, suvdan chiqayotgan vaqtda tizzasini urib olgan. Shundan soʻng, tizzasi ishib ketgan, singan boʻlishi mumkin, degan taxminlar ham yoʻq emas edi. Shu bois, u nogironlar aravachasi yordamida harakatlanishga oʻtgan.

"Moskvalik shifokorlar sinishni tasdiqlashmadi, faqat qattiq shikastlangan ekan", - deb aytdi Yakubovichning vakili.

Hozirda teleboshlovchi tizzasini davolatmoqda va "Pole chudes"ning navbatdagi mavsumiga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Asosiy mavzular