O‘zbekistonda suratga olingan teleserial "TEFI" mukofotini oldi

© SputnikRejisser seriala "Saodat" Muzaffar Erkinov
Rejisser seriala Saodat Muzaffar Erkinov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda suratga olingan "Saodat" seriali Kishinevda bo‘lib o‘tgan teleko‘rsatuvlar festivali laureati bo‘ldi.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekistonda suratga olingan “Saodat” teleseriali 9 - Xalqaro "TEFI-Hamdo‘stlik" tanlovida sovringa munosib deb topildi.    

Mukofotni qabul qilarkan, serial rejisseri Muzaffar Erkinov festival mehmonlarini O‘zbekistonga taklif qildi.

“Vaziyatdan foydalanib, barchangizni O‘zbekistonga taklif qilaman. Bizning qadimiy Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlarimizga tashrif buyuring. Biz mehmonlardan doim xursandmiz. Qayerda bo‘lsak ham, nima qilsak ham barchasi – insonlar foydasi va umumiy do‘stlik uchun”, - dedi rejisser.

Muzaffar Erkinov festivalga o‘zining yana bir asarini taqdim etdi - “O‘gay ona” deb nomlangan badiiy film.

Eslatib o‘tamiz, 9-xalqaro teleko‘rsatuvlar festivali Moldova poytaxti Kishinevda 16-19 sentabr kunlarida bo‘lib o‘tdi. Unda MDHning 12 mamlakatidan 80ga yaqin televizion loyihalar ishtirok etdi.

Moldova prezidenti Igor Dodon patronajida o‘tgan festivalda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Estoniya va Ukraina vakillari ishtirok etishdi.

Yangiliklar lentasi
0