11:46 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Zriteli na pokaze v kinoteatre

Moskvada “Oʻzbek filmlari haftaligi” boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Artem Jitenev
Madaniyat
Havola olish
119 0 0

Moskva shahrida “Oʻzbek kinosi kunlari” oʻtkaziladi. Unda “Kinoshok” festivalida bosh sovringa sazovor boʻlgan “Issiq non” filmi ham namoyish etiladi.

TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. Moskva shahridagi kinomatografchilar uyida 1—5 oktyabr kunlari “Oʻzbek kinosi kunlari” oʻtkaziladi. Bu haqda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi xabar qildi.

Tadbir Rossiya madaniyat vazirligi, Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, “Oʻzbekkino”, “Festsinema” va “Dom kino” tomonidan tashkillashtirilmoqda. Filmlar namoyishiga kirish bepul boʻladi. 

“Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar  ancha yillar oldin boshlangan. Bugungi kunga kelib, ikki davlat oʻrtasida diplomatik aloqalar va  doʻstlik rishtalari tobora mustahkamlanib bormoqda. Barcha sohalarda, ayniqsa, madaniyat va sanʼat sohasida hamkorligimiz izchil rivojlanmoqda”, - deyiladi xabarda.

Nedelya uzbekskix filmov proydet v Moskve v oktyabre.
"Uzbekkino"
Nedelya uzbekskix filmov proydet v Moskve v oktyabre.

Haftalik davomida 14 ta oʻzbek filmi, jumladan, 4 ta hujjatli film namoyish qilinadi. Shuningdek, "Kinoshok” festivalida bosh sovrin – “Oltin novda”ga sazovor boʻlgan “Issiq non” filmi ham namoyish etiladi.

Asosiy mavzular