12:04 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Uzbekskiy kinorejisser Umid Xamdamov

Oʻzbekcha “Kinoshok” yoki Umid Hamdamov “Issiq non” haqida nima dedi

© Festival "Kinoshok"/Dmitriy Korobeyn
Madaniyat
Havola olish
53110

MDH kinochilari festivalida bosh sovrinni qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik rejisser Umid Hamdamov bilan suhbat.

TOSHKENT, 19 sen - Sputnik. XXVIII “Kinoshok” festivalining bosh sovrini oʻzbekistonlik rejisser Umid  Hamdamovga berildi. Festival gʻolibi Sputnik muxbiriga ushbu kartinani suratga olish vaqtida duch kelgan qiyinchiliklar haqida hikoya qilib berdi.

Film

“Issiq non” filmi hayotda boʻlgan voqealarga asoslangan. Undan ota-onasi tirik boʻla turib maktab-internatga tushib qolgan qizcha haqida hikoya   qilib beradi. Ushbu voqea rejisser koʻz oʻngida sodir boʻlgan, uning qahramonlari bilan rejissyor shaxsan uchrashgan. Kartinadagi bosh qahramon – turmush oʻrtogʻi Rossiyaga ketib qaytib kelmagan yosh ayol – uning qarindoshi. Ushbu ayol rolini oʻynagan oʻzbek aktrisasi – Feruza Saidova, “Kinoshok”da eng yaxshi ayol aktrisa sovriniga munosib deb topildi.    

“U ayol tinchgina hayot kechiradi, - deydi Umid Hamdamov. – U dorivor oʻtlarni yigʻib sotadi, har kuni non yopib magazinga topshiradi, zorlanmay oilasini boqib yashamoqda. Turmush oʻrtogʻi yoʻq, u Rossiyaga ketib oʻsha yerda uylangan. Albatta, orqaga qaytmaydi. Ayol buni biladi, u endi faqat bolalari uchun yashamoqda. Shunday yashash bizning ayollarimizning qonida bor”.   

Oʻzbek kino ijodkorlari orasida Umid Hamdamov birinchilardan boʻlib ushbu dolzarb muammoni koʻtarib chiqdi. Shu vaqtga qadar chet ellarga ishlash uchun chiqib ketayotgan  erkaklar tufayli oilalar buzilayotgani haqida oldin hech kim gapirmas edi.

“Bu jiddiy ijtimoiy muammo, - deydi rejisser. – Qariyalar va bolalardan tashqari birorta ham erkak qolmagan qishloqlarni men oʻz koʻzim bilan koʻrganman”.  

“Issiq non” filmidagi voqealar ham ana shunday qishloqlardan birida sodir boʻladi. Ushbu film haqida qiziq faktlardan biri – unda umuman erkaklar yoʻq. Onda – sonda paydo boʻladigan yosh bola va aqli zaif oʻsmirdan tashqari. Erkaklar yoʻgʻida oila boshligʻi vazifasini bosh qahramonning buvisi bajaradi. U oila hayotini anʼanaviy urf-odatlar va qattiqoʻl qoidalarga asosan boshqaradi. Oʻsmir qizaloq esa bunga qarshi isyon koʻtaradi.

1 / 3
Kadr iz filma "Goryachaya lepeshka"

Umid Hamdamovning oʻzi ham ushbu film syujeti Aleksandr Ostrovskiyning “Chaqmoq” pyesasiga oʻxshab ketishini tan oladi. Masalan, bosh qahramonning buvasi – bu Ostrovskiyning Kabanixasi, isyonchi oʻsmir esa– Katerina.

Film Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Jizzax viloyatida suratga olingan. Eng soʻnggi sahnalar esa Jizzax viloyatida Aydarkoʻl boʻyida suratga olingan. Film atigi bir oy ichida suratga olingan.  

Rejissyor

Umid Hamdamov 38 yoshda, u Navoiy shahrida tugʻilgan, Davlat sanʼat va madaniyat institutini bitirib, ommviy tadbirlar postanovkachisi va teatrda ham aktyor sifatida ishlagan.

“Men har doim kino yaratishga qiziqqanman, – deydi rejisser. – Menimcha, teatrda tomosha ikki soatdan keyin tugaydi va tomoshabin uni esidan chiqarib yuboradi. Men esa uzoqroq davom etadigan va esda qoladigan narsa yaratmoqchi edim. Keyinroq aktyor boʻldim vanihoyat rejissyorga aylandim”.

Rejisser Umid Xamdamov i prezident Tsentralno-Aziatskaya akademiya kinematograficheskix iskusstv Ak ilbirs Taalaybek Kulmendeyev
Rejisser Umid Xamdamov i prezident Tsentralno-Aziatskaya akademiya kinematograficheskix iskusstv "Ak ilbirs" Taalaybek Kulmendeyev

"Issiq non" filmining nomi notoʻgʻri tarjima qilingan. Originalida aslida Sugnon, yaʼni - oʻchoq. Ushbu nom uning asl mohiyatini yaxshiroq tushuntirib beradi. Filmni festivalga yuborish vaqtida kimdir uning nomini soʻzma-soʻz “Issiq non” deb tarjima qilgan va ushbu nom hamma joyda eʼlon qilingan. Men uni namoyish qilishdan oldin tomoshabinlarga uning asl nomi - ”Oʻchoq” deb eʼlon qildim, deydi rejisser.  

Nima boʻlsa ham boshida aralash-quralash bilan boshlangan jarayon oxiri bir necha nufuzli sovrinlar bilan tugadi. Gran-pridan tashqari, film eng yaxshi ayol aktrisa va eng yaxshi musiqa nominatsiyalari boʻyicha gʻolib deb tan olindi.

“Toir Qoʻziyev bizda juda mashhur musiqachi, men uning musiqalarini tez-tez eshitardim. Keyin bilsam, u Hindiston, Frantsiyaga tez-tez borib u yerdagi musiqachilar bilan birga kontsertlar berarkan. Dastlab, men uni taklif qilganimda, biz bir-birimizni yaxshi tushunmagan edik. Lekin 2,5 oy ichida biz birgalashib buni amalga oshirdik. Haqiqatdan ham musiqa ushbu filmga juda mos tushgan”, - deydi Hamdamov.

Kelajakda bundan 100 yil oldin boʻlgan voqealar, xususan Abdulla Qodiriy hayoti haqida film suratga olmoqchiman, - deydi rejissyor. – unga rossiyadan ham bir necha aktyorlarni taklif qilishni rejalashtirmoqdaman. Kelasi yil kuzda ushbu filmni taqdim etamiz deb oʻylayman.

Bosh hakam

Maʼlumki, “Kinoshok” festivalining bosh hakami Yusuf Roziqov edi. U kishi ham oʻzbekistonlik, lekin kartina Gran-Pri olishiga “milliy birdamlik” sabab boʻlmagan.

- Boshida oʻz vatandoshim  filmini bosh sovringa tavsiya qilish menga biroz noqulaydek tuyuldi, lekin boshqa besh hakamdan toʻrttasi ushbu filmni olgʻa surishdi. Men bunday birdamlikni kutmagan edim, - dedi Roziqov festivaldan soʻng.

Men bosh hakam sifatida ikkita ovozga ega edim, lekin “Issiq non” film uchun ular kerak boʻlmadi. Umid Hamdamov filmi gʻolib chiqishining eng katta sababi – u hech qanday trend va brendlarga mos kelishga harakat qilmasdan, inson ruhiyati haqida samimiy film suratga olgan, ana shuning uchun gʻolib boʻldi, - deydi bosh hakam.

Asosiy mavzular