“Issiq non” Oskar tanloviga yuboriladi

© k/f "Gorachaya lepeshka"Kadr iz filma "Gorachaya lepeshka"
Kadr iz filma Gorachaya lepeshka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi Oskar mukofoti uchun O‘zbekiston nomidan qatnashadigan filmning nomini e’lon qildi.

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. 2019-yilning 21-sentabr kuni O‘zbekiston milliy kinokomissiyasida Oskar mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga O‘zbekistonning bir qator kinoijodkorlaridan taqdim qilingan filmlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi, O‘zA xabariga asosan.

Muhokama natijasiga ko‘ra, Umid Hamdamovning “Issiq non” to‘liq metrajli badiiy filmi Oskar mukofotiga O‘zbekiston nomidan ilgari surilishi to‘g‘risida 23-sentabr kuni o‘zbek kinosiga bag‘ishlangan forumda tantanali ravishda e’lon qilindi.

Ushbu yilgi Oskar mukofoti uchun shuningdek, Abduhalil Mingnorovning “Imom Termiziy”, Rihsiboy Muhammadjonovning “Qor yog‘moqda, oppoq qor”, Abduvohid G‘aniyevning “Elparvar”, Umid Hamdamovning “Issiq non”, Zulfiqor Musoqovning “Berlin-Oqqo‘rg‘on” hamda Ilhom Muhammadibrohimovning “Parvoz” deb nomlangan filmlar ham taqdim qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0