Zulfiqor Musoqov "O‘zbekiston tarixi" telekanaliga e’tiroz bildirdi

Obuna bo‘lish
“Berlin – Oqqurg‘on” filmidan kesib olingan lavhalar uchun Zufiqor Musoqov  "O‘zbekiston tarixi" telekanaliga e’tiroz bildirdi.

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. O‘zbekiston san’at arboti, taniqli rejisser Zulfiqor  Musoqov yangi ochilgan "O‘zbekiston tarixi" telekanaliga efirga uzatishda kesib olingan lavhalar uchun qat’iy e’tiroz bildirdi. Bu haqida rejisser Facebookdagi “Kino san’ati” guruhida xabar qilgan.

Uzbekskiy rejisser Zulfikar Musakov - Sputnik O‘zbekiston
Zulfiqor Musoqov Rossiyada bosh sovrin olgan o‘zbek kinochilarini tabrikladi

"Qaysi bir palid ablah odam qonunni buzib, davlat mulki bo‘lgan filmni efirda o‘zicha kesganidan juda ranjidik. Afsus, endigina vujudga kelgan yangi telekanal faolyatini bunaqa qing‘ir ishlar bilan boshlanishi juda jirkanch hol... Kesilgan epizodlarni badiiy ma’nosi yo‘q qilindi", - deb kuyingan rejisser.

Shundan so‘ng Musoqov, filmdan kesib olingan lavhalar ro‘yxatini keltirgan: 

1. Kichkina Klaus fashist bayrog‘i taqilgan tortni Deborani uyiga olib kelishi.

2. Qo‘ziboy tog‘asining burdalanganini ko‘rish kadrlari.

3. Fashist bayrog‘i ostida birinchi bo‘sa. Axir biz o‘sha bayroqni tayerlashda qancha mexnatimiz ketgan edi.

4. Klaus va Debora kattaligida uxlashi.

5. Fashistlarni odamlarni o‘ldirish kadrlari va aynan barcha millatlarni, shu xisobda o‘zbeklarni xam, qirish haqidagi hujjatli kadrlar yo‘q.

Bu atayin qilingan juda jiddiy qo‘poruvchilik xatti xarakat deb tushundim va ertagayoq bu xaqda xoxlagan joyda bu ishni KIM QILGANINI talab kilaman va bizning xuquqimiz buzilgani haqida bildiraman. Juda xafa bo‘ldik, deb so‘zini yakunlagan rejisser. 

 

Yangiliklar lentasi
0