07:57 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Rejisser, akter i stsenarist Rashid Malikov

Rashid Malikov "Oskar"ga daʼvogar oʻzbek "Issiq non"ning imkoniyatlari bilan oʻrtoqlashdi

Sputnik
Madaniyat
Havola olish
28510

Sputnik Oʻzbekiston bilan suhbatda rejissyor Rashid Malikov oʻzining yosh hamkasbi Umid Hamdamovning mazkur kinolentasi yuzasidan taasurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi tomonidan Oskar mukofotining "Eng yaxshi xalqaro badiiy film" nominatsiyasiga "Issiq non" badiiy filmi taqdim etilgan. Avvalroq, film Rossiyaning navbatdagi "Kinoshok" kinofestivalida Gran-pri hamda unga bastalangan musiqa va eng yaxshi ayol roli uchun mukofotlarni qoʻlga kiritgandi. 

Rejissyor film unga yoqqani va umuman olganda, kinodagi umumiy yondashuv, undagi rostgoʻy, insonparvarlik ruhida aks ettirilgan gʻoyalar tomoshabinni maftun etishini bildirdi. Eng asosiysi, deydi Malikov, bu film zamonaviy oʻzbek voqeliklariga haqqoniy nazardir.  

"Umuman olganda, "Issiq non" - oʻzbek kinomatografiyasi uchun katta yutuq. Fikrimcha, unda namoyish qilingan hayot voqeliklariga sof, real qarash tomoshabinni ayniqsa jonlantiradi. Lenta tamoman zamonaviy kino tilida tushirilgan. Film mavzusi -  moliyaviy qiyinchiliklar orqasidan qulayotgan, jamiyatning bir boʻlagi boshidan kechirayotgan fojea - zamonaviy oʻzbek qishloq hayoti uchun aktual, bunga shubha yoʻq. Filmni, men oʻzbek kinematografiyasi uchun katta jasorat, deb taʼriflay olaman”, - deydi Rashid Malikov.

Ushbu filmning "Oskar"ni olishga imkoniyatlari borasida fikr yuritar ekan, rejissyor, bunday imkoniyat Oʻzbekiston uchun, har qanday boshqa nominant uchun boʻlgani singari, albatta, bor, deydi.

"Menga qolsa, Oʻzbekiston uchun bu mukofotni qoʻlga kiritishning imkoniyati bor-yoʻqligi haqida emas, mamlakatda Oskar qoʻmitasining tashkil etilganligining oʻzi katta yutuq. Mazkur institutsional tuzulmaning vujudga kelgani muhim. Chunki bu qoʻmita boʻlmasdan, "Oskar"ga daʼvo qilish mumkin emasdi", - deya savolga xulosa qiladi u.

Fikrining davomida, "jahon kinematografiyasidagi tendentsiyalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, AQSH kinoakademiyasi bugungi kunda "Oskar"ni - meynstrimni yorita olgan kartinalar bilan ulashayotganligi kuzatiladi. "Issiq non", bu maʼnoda, oʻzida meynstrimni mujassam etgan puxta va kam byudjetli filmdir".

Soʻzining yakunida, Rashid Malikov yosh oʻzbek rejissyori Umid Hamdamovning ijod mahsuli "Oskar" short-listiga kira olishiga umid bildirib, unga zafarlar tilab qoldi.

"Oskar"ning navbatdagi sohiblari 2020 yil 9 fevralda maʼlum boʻladi. Mukofotlash marosimi Los-Anjelesning mashhur Dolby teatrida boʻlib oʻtadi.

Asosiy mavzular