07:58 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Toshkentda Oʻzbekistonga amalga oshirilgan evakuatsiyaga bagʻishlangan anjuman oʻtkaziladi

Press-slujba Orenburgskogo gosudarstvennogo universiteta
Madaniyat
Havola olish
26710

Urush yillarida Oʻzbekiston hududiga 1,5 millionga yaqin qochoqlar olib kelingan. Anjuman Buyuk Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlanadi

TOSHKENT, 26 sen - Sputnik. 2019 yilning27 sentyabr kuni Toshkentda "Eshelonlar sharqga ketmoqda. Ulugʻ Vatan urushi yillarida Oʻzbekistonga amalga oshirilgan evakuatsiya" mavzusida xalqaro ilmiy anjuman oʻtkaziladi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari xabar qilmoqda.

Anjuman Buyuk Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlanadi.

Tadbir tashkilotchilari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Orenburg davlat universiteti Janubiy Ural tarix va etnografiq ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻzbekiston FA tarix instituti, Oʻzbekiston tarixchilar jamiyati va "Yevroosiyo xalqlari hamdoʻstligi" ANT.

Tashkilotchilarning yodga solishicha, urush yillarida Oʻzbekiston hududiga 1,5 millionga yaqin qochoqlar olib kelingan. Evakuatsiya SSSRga insonlar, resurslar, ishlab-chiqarish quvvati, ilmiy va ijodiy salohiyatini xavfdan saqlashga yordam beribgina qolmay, respublika taraqqiyotiga katta turtki boʻlgan.

Mutaxassislar oʻzbekistonlik hamkasblari, mahalliy aholi bilan birgalikda yaqin hamkorlikda respublikada sanoatning yangi tarmoqlari(aviatsiya, elektrotexnika, energetika, kimyoviy, qishloqxoʻjaligi mashinasozligi)ga, energetika obʼyektlariga asos solishgan va 150dan ortiq foydali qazilmalar konini kashf qilishgan. 1943 yilda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining tashkil topishiga asos solganlar.

Asosiy mavzular